Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.09.2016

Hamidjon AKTAMOV: “Tanaffusdan unumli foydalana olmaganimiz bilindi”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 98
Hamidjon AKTAMOV: “Tanaffusdan unumli foydalana olmaganimiz bilindi”

Oliy liga yigirma birinchi tur doirasida “Qizilqum” — “Qo‘qon-1912” jamoalari uchrashuvi (1:1) nihoyasiga etgach, matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.

— Bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonib, muxlislarimizga hayit bayramiga munosib sovg‘a tayyorlamoqchi edik, — deya so‘z boshladi Hamidjon G‘ulomovich. — Afsuski, jamoamiz buning udddasidan chiqa olishmadi. Qolaversa, oliy ligada o‘z o‘rnini saqlab qolishga urinayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi ham bunga imkon bermadi. Chempionat taqvimida yuzaga kelgan yigirma kunlik tanaffusdan unumli foydalana olmadik. Bir necha nazorat o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirgan edik. Afsuski, ayrim sabablar tufayli bu amalga oshmay qoldi. Bu esa bugungi o‘yinimizga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Muxlislar ikki bo‘limda ikki xil o‘yinga guvoh bo‘ldilar. Har ikkala jamoada ham golga tortadigan vaziyatlar etarli bo‘lgan bo‘lsa-da, afsuski yigitlarimizga hal qiluvchi pallada sovuqqonlik etishmadi. Bir so‘z bilan aytganda, bugun jamoamiz mag‘lubiyatga teng durang qayd etishdi. Natijada o‘z maydonimizda qimmatli ochkolarni yo‘qotdik. Keyingi uchrashuvlarda boy berilgan ochkolar o‘rnini qoplash uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar