Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.09.2016

Ronaldu qaytdi, «Real» esa yirik hisobda g‘alaba qozondi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 52
Ronaldu qaytdi, «Real» esa yirik hisobda g‘alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 3-turida «Real» o‘z maydonida «Osasuna»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Gollardan biriga jarohatidan qutilib, maydonga qaytgan Ronaldu mualliflik qildi.

6-daqiqadayoq hisob ochildi. Tezkor hujumda Beyl va Ronaldu bir himoyachiga qarshi chiqib kelishdi. Beyl to‘pni Ronalduga oshirdi, u esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etishda qiynalmadi.
41-daqiqada yana bir gol urildi. Ronaldu to‘pni jarima maydoniga oshirdi. Morata boshi bilan zarba yo‘lladi, biroq darvozabon to‘pni qaytara oldi. Qaytgan to‘pni Danilo darvozaga aniq yo‘llab, hisobni oshirdi.
Bo‘lim yakunida burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni Serxio Ramos yaqin masofadan boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘lim ham «Real»ning goli bilan boshlandi. Burchak zarbasidan yo‘llangan to‘pni Pepe yaqin masofadan boshi bilan darvozaga aniq kiritdi.
62-daqiqada Modrich jarima maydoni chizig‘idan kuchli va aniq zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol etdi. Uning himoyachilar orasidan yo‘llagan zarbasini darvozabon ko‘rmay qoldi.
Shundan so‘ng mezbonlar xotirjamlikka berilishdi va natijada bir necha gol o‘tkazib yuborishdi.
64-daqiqada Kuevas o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga etkazdi. Himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Riera boshi bilan aniq zarba yo‘llab, chiroyli gol urdi.
72-daqiqada Torres penalShtini aniq amalga oshira olmadi, KasilShya uning zarbasini qaytardi.
Oradan 6 daqiqa o‘tgach, o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni David Garsiya hammadan baland sakrab boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Shundan keyin mezbonlarda bir qancha imkoniyatlar bo‘ldi, ammo hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi.

«Real» Madrid – «Osasuna» 5:2 (3:0)
Gollar: 1:0 – 6 Ronaldu, 2:0 – 40 Danilo, 3:0 – 45 Ramos, 4:0 – 56 Pepe, 5:0 – 62 Modrich, 5:1 – 64 Riera, 5:2 – 78 Garsiya Subiriya.
Real Madrid – KasilShya, Pepe, Nacho, Danilo, Ramos, Modrich (Asensio, 63), Kroos, Kovachich, Beyl (Vaskes, 74), Ronaldu (Benzema, 66), Morata.
Osasuna – Peres, FlanSho, Garsiya Subiriya, Fuentes, Garsiya, TShensa, Sanxurxo, de la Kuevas (Torres, 71), Bonnin, RivSher (Riera, 61), Kodro (Romero, 53).
Ogohlantirish: FlanSho (17), Garsiya (32), Danilo (69), KasilShya (72), Bonnin (75).
Chetlatish: Bonnin (79).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar