Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.09.2016

Futzal. FIFA saytining Dilshod Rahmatov haqidagi maqolasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 77
Futzal. FIFA saytining Dilshod Rahmatov haqidagi maqolasi

Futzal bo‘yicha Kolumbiyada start olayotgan Jahon chempionati oldidan FIFA raymiy sayti O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Rahmatov haqida maqola e’lon qildi.

"Dilshod Rahmatovning telefoni tinimsiz jiringlardi. Sms va qo‘ng‘iroqlarning tinimsizligidan O‘zbekistonlik futzal yulduzi chuqurroq nafas olishga, nimalar bo‘lganini yaxshiroq anglashga ulgurmay qoldi, xatto. Mamlakatingni birinchi marta Jahon chempionati final bosqichiga olib chiqqan lahzalaring mana shunday kechishi tabiiy.

Bu yuksak natijaga o‘z uyingdagi musobaqada, Osiyo vitse-chempioniga aylangan holda erishishing quvochingni ikki hissa oshirib yuboradi.

“Toshkentdagi bu musobaqani hech qachon unutmayman. Biz ajoyib muxlislarimiz qarshisida o‘ynadik va maqskadimizga erishdik”, deydi 26 yoshlik futzalchi FIFA rasmiy saytiga bergan intervShyusida.

2012 va 2014 yillardagi qit’a birinchiliklarida qatnashgan “Ardus” hujumchisi uchun bu uchinchi Osiyo chempionati bo‘ldi. Ikki yil oldin ham Rahmatov va jamoadoshlari Osiyo chempionatida sovrindor bo‘la olgandi. Biroq o‘shanda chempionat mundialga chipta bermasdi. Shuning uchun ham shu yilning fevralida turnir finaliga etib borish o‘zbek futzali uchun ikki barobar muhimroq ahamiyatga ega edi.

Yangi murabbiy, yangi falsafa

“Men odamlar futzalga qiziqib qolishganini his qilyapman. Menimcha biz ularning e’tiborini mana shu sportga qaratishga erisha oldik. Menga juda ko‘p ota-onalar qo‘ng‘iroq qilib, qanday qilib farzandlarini futzal to‘garaklariga berishlari mumkinligini so‘rashmoqda”, deydi Osiyo chempionati chorak finalida Iroqni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasining eng muhim o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Rahmatov.

Pulpis taxallusli ispan murabbiyi 2011 yida O‘zbekiston terma jamoasin qabul qilib olib, uning o‘sishida eng muhim omil bo‘ldi.

“U mamlakat futzalida katta o‘zgarishlar qildi. U kelganidan buyon biz futzalni boshqa rakursdan ko‘ra boshladik. Aynan u bizga futzal falsafasini yaxshiroq tushunishni o‘rgatdi”, deydi Kolumbiyadagi mundial yo‘lida 5 golga mualliflik qilgan to‘purar.

Ikki nufuzli sinov

Rahmatov va uning jamoadoshlari Jahon chempionatidagi sarguzashtlarining boshlanishiga tayyor. Ular “A” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Portugaliya, turnir mezbonlari – Kolumbiya va Panama jamoalariga qarshi o‘ynaydi. Ushbu o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston bir qancha o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etdi va xatto Ispaniya va Portugaliyaga safar qilib, bu terma jamoalar bilan o‘rtoqlik turnirida kuch sinashdi.

Bu safarlar Rahmatovga futzal elitasi vakillari kuchiga munosib baho berishga yordam berdi.

“Portugaliyada bir necha inividual jifatdan o‘ta mahoratli futzalchilar bor. RikardinSho kabi futzalchilar himoyamizdagi zaif jihatlarni ko‘rsatib berishdi. Ispanlar esa jamoaviy o‘yin bo‘yicha jahon futzalidagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Bunday jamoalarga qarshi o‘yinlarda birgina kichik xato gol bilan jazolanadi”.

Rahmatov to‘qqiz yildan buyon futzal o‘ynab keladi. 2010 yildan buyon esa terma jamoa safiga chorlanib kelinadigan futzalchi o‘z faoliyatining cho‘qqisida turibdi va oldindagi nufuzli musobaqaga o‘ziga bo‘lgan ishonch va yuqori ishtiyoq bilan kirib bormoqda. Tabiiyki, Kalida o‘zbekistonlik muxlislar soni ko‘p bo‘lmaydi. Biroq muhit Toshkentdagi turnirdagidek jo‘shqin bo‘lishi aniq. Futzalchining o‘zi esa bu turnirdan keyin ham vatandoshlaridan Osiyo chempionatidan keyin bo‘lgani kabi tinimsiz qo‘ng‘iroqlaru, sanoqsiz “SMS” xabarlari olishdan umidvor".

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar