Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.09.2016

Temur Kapadze: «OChLda g‘olib chiqishni juda ham istayman»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 51
Temur Kapadze: «OChLda g‘olib chiqishni juda ham istayman»

"Lokomotiv" klubi sardori Temur Kapadze futbolchilari faoliyati asta-sekin yakuniga etib borayotganini his qilgan holda, Osiyo chempionlar ligasi g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqchi. U OFK rasmiy saytiga bergan intervShyusida bu haqda so‘zladi.
35 yoshli futbolchi shu paytcha 3 marta OChL yarim finalida o‘ynagan. "Lokomotiv" 13 sentyabrSh kuni "Al-Ayn" (BAA)ga qarshi musobaqaning chorak final bosqichi javob uchrashuvini o‘tkazadi.
"Hozir men jamoa sardoriman. Mening yoshim ulg‘ayib qoldi. Menda katta bosim bor. Boisi, musobaqada g‘olib chiqish uchun bu mendagi so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin. Men hamisha bu haqda o‘ylayman. OChLda g‘olib chiqishni juda istayman. Yosh paytimda odatdagidek fikrlardim va menda hali imkoniyat bo‘ladi deb o‘ylardim. Lekin endi bunday o‘ylay olmayman.
Istasam-istamasam futbolda yosh o‘z o‘rnini ko‘rsatadi. Lekin futbol individual emas, jamoaviy o‘yin hisoblanadi. Agar futbol individual o‘yin bo‘lganida, men raqibga qarshi qanday harakat qilish haqida o‘ylashim mumkin edi, lekin avvalo jamoadoshlarim haqida, ularning qarorlari haqida o‘ylashim kerak. Siz o‘zingiz haqida emas, jamoa haqida o‘ylashingiz kerak.
"Lokomotiv" OChL uchun yangi jamoa hisoblanadi. Jamoa o‘z tarixida ilk marta musobaqaning chorak finaliga chiqdi. Bizda yana shunday imkoniyat bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmaymiz. Shu bois, men jamoa sardori sifatida jamoadoshlarimga bu imkoniyatdan foydalanib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish kerakligini ta’kidlayapman", - deydi Kapadze.
Temur Kapadze 2003 yilda "Paxtakor" safida OChLning yarim finalida Tailandning "Bektero Sasana" klubi, oradan bir yil o‘tib Koreyaning "Syongnam IlShva Chunma" jamoasi to‘sig‘idan o‘ta olmagan bo‘lsa, keyinchalik "Bunyodkor" tarkibida musobaqaning ushbu bosqichida Avstraliyaning "Adelaida Yunayted" klubiga imkoniyatni boy bergan.

"Eng alamlisi "Bektero Sasana"ga yutqazganimiz bo‘lgan. Boisi, ular bizdan kuchli emasdi. O‘shanda 2-3ta xatoga yo‘l qo‘ygandik. O‘z uyimizda g‘alaba qozonganmiz, ammo final chiqish uchun etarli bo‘lmagan.
Shuningdek, "Adelaida" ham "Bunyodkor"dan kuchli emas edi, balki jamoalarning kuchi teng bo‘lgandir. Birinchi o‘yindagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin javob bahsida bizning imkoniyatlarimiz yuqori emas edi.
Men O‘zbekistonning uchta klubi safida Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etdim. Bu Osiyoning eng nufuzli turniri. O‘zbekiston klubi bo‘ladimi, BAAmi yoki Saudiya Arabistoni jamoasimi, farqi yo‘q, har bir jamoa unda g‘alaba qozonishni istaydi. Shu paytgacha "Paxtakor" va "Bunyodkor" bilan OChLning yarim final bosqichigacha etib kelganman. Endi bu ishni "Lokomotiv" bilan takrorlashga harakat qilib ko‘raman. Bu biz uchun ulkan natija.
OChLda kuchli jamoalar ko‘p. Har bir jamoa o‘z mamlakatining chempioni yoki Kubok sohibi hisoblanadi. Har bir o‘yin finalga teng. Shu bois, o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak", - deydi "Lokomotiv" sardori.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar