Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.09.2016

"Metallurg" - "Paxtakor" 2:0 (to‘liq sharh)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71
"Metallurg" - "Paxtakor" 2:0 (to‘liq sharh)

Mamlakatning amaldagi chempioni – “Paxtakor”ga qarshi Bekoboddagi uchrashuvini muxlislar sabrsizlik bilan kutishgandi.

Boisi paxtakorchilarga qarshi so‘nggi o‘yinlarda uchralayotgan alamli mag‘lubiyatlarga konchilar munosib javob qaytarisharmikin, degan savol kun tartibida turgandi. “Metallurg” bu safar muxlislar ishonchini oqladi, “Paxtakor”ni ishonarli tarzda mag‘lub etdi.

O‘yin tomonlarning tezkor, qarama qarshi hujumlari bilan boshlandi. Darvoza tomon birinchi zarbani Jaloliddin Masharipov berdi. Ammo “Paxtakor” hujumchisining zarbasi ishonchli chiqmadi. 9-daqiqada Mirg‘iyos Sulaymonov Aleksandr Lobanov hushyorligini sinab ko‘rdi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Uchrashuvning 23-daqiqasida hisob ochildi. O‘ng qanotdan Javohir Esonqulovning oshirib bergan to‘pini Murodjon Toshmatov o‘tkir burchak ostida darvoza to‘riga tushirdi – 1:0. Paxtakorchilar posboni bunday zarba berilishi kutmagan edi va to‘pni oyoqlari orasidan o‘tkazib yubordi.

Vaziyatning bu taxlit tus olishi paxtakorchilarni aslo qanoatlantirmasdi. Shu sababdan ham toshkentliklar gol o‘tkazib yuborganlaridan so‘ng katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Tashabbus mehmonlar tomoniga o‘tdi. 25-daqiqada paxtakorchilar jarima zarbasini amalga oshirishdi. Jaloliddin Masharipov tepgan to‘p jonli devorga tegib qaytdi. Oradan 11 daqiqa o‘tgach Jamshid Boltaboev hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo uning jarima maydoni ichidagi xavfli zarbasidan so‘ng Suhrobjon Sultonov jamoasini muqarrar goldan qutqardi. Birinchi taymda bekobodliklar o‘z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi.

Tanaffusda murabbiylardan tegishli ko‘rsatmalarni olgan bekobodliklar ikkinchi taymni tezkor hujumlar bilan boshlashdi. Bo‘limning ilk daqiqalaridayoq metallurgchilar hisobdagi farqni oshirishlari mumkin edi. Jamoadoshlarining qanotdan etkazib bergan to‘pini Dilmurod Karimov to‘xtatib oldi va darvozabonni ham aldab zarba berdi. Ammo zarba noaniq chiqdi va to‘p darvoza to‘riga yon tomondan borib tegdi. 64-daqiqada Aleksandr Lobanov yana o‘sha Dilmurod Karimovning juda kuchli zarbasidan keyin to‘pni qaytarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq xavf bu bilan bartaraf bo‘lmagandi. Burchakka yaqin joyda mehmonlar o‘yin qoidasini buzishdi. Jarimadan to‘pni Murod Toshmatov darvoza yoniga uzatdi. “Metallurg” hujumchisi Farrux Shotursunov yo‘nalishni biroz o‘zgartirib, olis burchakda turgan jamoadoshi Islom Qobilovni to‘p bilan ta’minladi. Islomning bosh bilan bergan zarbasidan keyin esa to‘p avvaliga darvoza to‘siniga tegib, so‘ngra to‘rdan joy egalladi – 2:0. O‘yin yakunida paxtakorchilarning uchrashuvda burilish yasashga bo‘lgan urinishlari esa samara bermadi. Shu kuni g‘alabaga bo‘lgan ishonch, ishtiyoq ustun keldi va “Metallurg” chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi!

“Metallurg” – “Paxtakor” – 2:0 (1:0).

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 21-tur. 09.09.2016 yil. 2812 tomoshabin.

Hakamlar: Sherzod Qosimov – 8,5, Farrux Yormuhamedov – 8,0, Bahodir Bahromov – 8,4, Naim Qosimov – 9.

Nazoratchi hakam: Aleksandr Popov.

O‘zPFL vakili: Valeriy Letkin.

Gol: 1:0 – Murodjon Toshmatov (24, pas Javohir Esonqulov), 2:0 – Islomjon Qobilov (68, pas Murodjon Toshmatov).

“Metallurg”: 32. Suhrobjon Sultonov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov (70. Jahongir Abdumo‘minov, 81), 7. Doniyor Odilov (9. Farhod Namozov, 85), 8. Ayubxon No‘’monov, 11. Farrux Shotursunov, 13. Javohir Esonqulov (19. Ergash Ismoilov,90+2,), 14. Davronbek Karimqulov, 17. Mirg‘iyos Sulaymonov, 22. Murodjon Toshmatov, 40. Islomjon Qobilov.

Zahira: 91. Zafar Safoev, 5. Jasur Ahmedov, 23. Sherzod Jalilov, 77. Saidjon Abdujabborov.

“Paxtakor”: 16. Aleksandr Lobanov, 4. Adnan Oraxovats (48. Timur Tolipov, 72), 5. Akbar Ismatullaev, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Jamshid Iskandarov, 14. Jamshid Boltaboev (17. Akobir To‘raev, 88), 21. (s) Kamoliddin Tojiev, 24. Davron Hoshimov, 28. Stanislav Andreev, 55. Jasurbek Hakimov (51. Andrey Sidorov, 46).

Zahira: 50. Umidjon Hamroev, 3. Hojiakbar Alijonov, 6. Abbos Otaxonov, 32. Jasurbek Yaxshiboev.

Ogohlantirishlar: Kamoliddin Tojiev (36), Azimjon Ahmedov (53), Andrey Sidorov (63), Aleksandr Lobanov (69), Doniyor Odilov (71), Adnan Oraxovats (71), Davronbek Karimqulov (72).

Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilari: Dilmurod Karimov – Jamshid Iskandarov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar