Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.09.2016

Paralimpiada-2016. Ikki dzyudochimiz «bronza»ga ega chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50
Paralimpiada-2016. Ikki dzyudochimiz «bronza»ga ega chiqdi

Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan Paralimpiya o‘yinlarining ikkinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 3ta bronza medallari bilan boyidi.
Avvalroq o‘q otish bo‘yicha Server Ibragimov 3-o‘rinni egallagani haqida xabar berib o‘tgandik. Biroz keyinroq ikki nafar dzyudochimiz bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Erkaklar o‘rtasida 73 kg.gacha bo‘lgan vaznda ishtirok etgan Feruz Saidov chorak finalda jazoirlik Mehdi Miskinga qarshi jang olib bordi. Hamyurtimiz birin-ketin yuko, vazari va ippon baholarini ishladi va jangni o‘z foydasiga hal qildi. Saidov va ukrainalik Dmitriy SolovShyov o‘rtasidagi yarim final bellashuvi taqdirini faqat "shido"lar hal qildi. Hakam tomonida Feruzga berilgan 3ta ogohlantirish raqib dzyudochisiga g‘alaba keltirdi.
Hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan jangda matonat ko‘rsatdi. Bellashuv davomida kubalik Xerardo Rodriges "vazari" bahosi bilan oldinda bordi, biroq bahs tugashiga 25 soniya qolganida Saidov "ippon" bilan g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.
Ayollar o‘rtasida 63 kilogacha bo‘lgan vaznda qatnashgan Tursunposhsha Nurmetova musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi. Hamyurtimiz chorak finalda xitoylik Tong Jouni 41 soniyada mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa ukrainalik Irina Xusievaga qarshi kechgan bellashuv taqdirini ogohlantirishlar hal qildi. Afsuski, hakam hamyurtimizga ikki marta "shido" bergandi. Nurmetova 3-o‘rin uchun kechgan bellashuvni 1 daqiqayu 11 soniyada o‘z foydasiga hal qildi. Shvetsiyalik Nikolina Pernxeym vatandoshimizga qarshilik ko‘rsata olmadi.
Shu tariqa, mazkur ikkita medaldan keyin O‘zbekiston hisobidagi umumiy medallar soni 11taga etdi — 3ta oltin, 2ta kumush va 6ta bronza. Mamlakatimiz hozircha jadvalda 6-o‘rinda bormoqda.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar