Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

Futzal. Xose Mariya Mendez va Artur Yunusov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 66
Futzal. Xose Mariya Mendez va Artur Yunusov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati starti oldidan “Kolizeo ElSh PueShlo” sport majmuasida “A” guruhi, 1-tur doirasidagi O‘zbekiston – Panama uchrashuviga bag‘ishlangan matubot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbitsi Xose Mariya Mendez hamda jamoa sardori Artur Yunusov O‘zbekistonning jahon chempionatlari final bosqichi tarixidagi ilk o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Artur Yunusov: “Biz uchun bu Jahon chempionatlaridagi debyut bo‘ladi. Ammo bu – biz bu erga sayyoh bo‘lib keldik, degani emas. Niyatimiz – o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilib, muxlislar mehrini qozonishdir. Bizning birinchi navbatdagi vazifamiz – guruhdan chiqish hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun bizga bog‘liq bo‘lgan barcha ishni amalga oshiramiz. Jamoamiz musobaqaga tayyor, deb o‘ylayman. So‘nggi vaqtlarda Osiyo futzali ancha o‘sishga erishdi. Biz buni amalda isbot qilishni istardik”.

Xose Mariya Mendez: “Futzal bo‘yicha eng yirik turnirda ishtirok etayotganimizdan xursandmiz. Umid qilamanki, Kolumbiyada imkon qadar uzoqroq ushlanib qolamiz. O‘zbekistonda futzal jadallik bilan rivojlanyapti. Bizning Kolumbiyadagi muvaffaqiyatli ishtirokimiz esa ushbu sport turining keyingi rivoji yo‘lida muhim turtki bo‘lishi mumkin. Guruhimiz anchagina murakkab. Bizni ko‘pchilik autsayder sifatida baholayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu bizga qo‘l kelishi ehitimoli ham bor. Jamoam turnir syurpriziga aylanishini chin dildan umid qilaman”

“Panama terma jamoasi haqida faqatgina ijobiy so‘zlarni ayta olaman. Bu jamoada asosiy e’tiborni jismoniy jihatga qaratgan kuchli futzalchilar to‘plangan. Bunday jamoalarga qarshi o‘ynash doim qiyin. Biz uchun eng muhim o‘yin aynan Panamaga qarshi kechadigan ilk bahs bo‘ladi. Shuning uchun biz faqat g‘alaba qozonishga intilamiz”

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Panama uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 11 sentyabrSh, 04:00da start oladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar