Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

Jamshid Saidov: "Xatolarimiz evaziga yutqazdik"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 39
Jamshid Saidov: "Xatolarimiz evaziga yutqazdik"

“Nasaf”-“Buxoro” 3:0 uchrashuvidan so‘ng, o‘yin yaunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Buxoro” jamoasining bosh murabbiyi Jamshid Saidov ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

-O‘yin haqida nima ham derdim, yo‘l qo‘ygan xatolarimiz evaziga mag‘lub bo‘ldik. “Nasaf” bilan o‘tkazgan bu uchrashuvimizda ham o‘yinchimiz jarohat oldi va uni almashtirdik, shundan so‘ng darvozamizdan ikkita gol o‘tkazib yubordik. Bu mag‘lubiyatdan tegishli xulosalarni chiqaramiz. O‘z o‘rnida bugungi o‘yinga tashrif buyurgan muxlislarimizga alohida tashakkur bildiraman.

“Nasaf”ni qanday o‘rgandik? Joriy futbol mavsumida biz o‘zaro uchinchi o‘yinni o‘tkazdik. Har ikki jamoa ham bir-birini imkoniyatini va salohiyatini yaxshi biladi. Biz ham shunday qarab o‘tirganimiz yo‘q. “Nasaf”ga qarshi etarlicha tayyorgarlik ko‘rgandik.

Jamoamiz bu yil deyarli yangidan tuzildi, bu jamoaga o‘yinini topishi uchun vaqt talab etadi. “Nasaf” esa allaqachon o‘z o‘yinini topib olgan, ular mana bir necha yildirki, barqaror o‘yin namoyish etib kelmoqda. O‘ylaymanki, biz ham kelasi yildan boshqacha o‘yin ko‘rsatamiz.

Biz endi navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Xatolarimiz ustida ishlaymiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar