Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

“Andijon” Jizzaxda mag‘lub bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62
“Andijon” Jizzaxda mag‘lub bo‘ldi

Chempionatimizda yuzaga kelgan ma’lum muddatlik tanaffusdan so‘ng bugun navbatdagi tur uchrashuvlariga start berildi.

Oliy liganing 21-turida “Andijon” safarda “So‘g‘diyona” bilan bahs olib bordi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘yin avvalida o‘ziga yarasha bir nechta yo‘qotishlar mavjud edi. Xususan Ibrohim Otaxonovning sariq kartochkalari soni to‘rttaga etgani sababli Jizzaxga bormadi. Shuningdek darvozabon Akmal Tursunboev o‘yindan bir kun oldin o‘tkazilgan mashg‘ulotda qo‘lidan engil jaroxat olib, kutilmagada safdan chiqqandi.

Turnir jadvalida imkon qadar tezroq autsayderlar qatoridan chiqib ketishga urinayotgan “burgutlar” shu kuni safardan g‘alaba bilan qaytish ilinjida edi. Shunga monand murabbiylar shtabi himoyaviy taktikani qo‘llashga qaror qildi.

Uchrashuv mezbonlarning xavfli hujumlari bilan boshlandi. Dastlabki bo‘lim ijobiy yakunlanayotgan bir paytda kutilmaganda bosh hakam markaziy himoyachimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Bobur Akbarov maydon markazida to‘p uchun kurashda Muzaffar Muzaffarovga jaroxat etkazdi deya baholagan bosh hakam Baxtiyor Namozov futbolchimizni ogohlantirib o‘tirmasdan chetlatib, bir kishi kam bo‘lib qolishimizni ta’minladi.

Shunga qaramay jamoalar tanaffusga nursiz durang bilan chiqib ketildi. Ikkinchi bo‘limni “Andijon” bitta o‘zgarish bilan boshladi. Hujumchilar ortida xarakat qilgan Pavel Smolyachenko o‘rniga Azamat Isroilov tushirildi.

Ikkinchi bo‘limda bir nechta golli vaziyatlar yuzaga keltirildi. Xususan avvaliga EShman Tagaevda juda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Ammo turkmanistonlik legionerga sovuqqonlik etishmadi. Uning zarbasidan so‘ng darvozabon to‘pni qaytarishga erishdi. Oradan xech qancha vaqt o‘tmay Ro‘zimboy Ahmedovda ham shunga o‘xshash vaziyat yuzaga keldi. Ammo bu safar ham futbolchimizdan omad yuz o‘girdi. Futbolda sen urmasang senga urishadi deganlaridek 65-daqiqa o‘tib borayotganida Qahramon Bahodirov hisobni ochishga erishdi. “So‘g‘diyona”ning zaxirasidan maydonga tushiboq, Bahodirov o‘zini ko‘rsatib, uchrashuv qahramoniga aylandi. Ushbu vaziyatda Ihtiyor Toshpo‘latov to‘pni o‘ng qanotga oshirdi va Bahodirovni oldinga boshladi. Uning qarshisida turgan himoyachmi Timur VasilShev kutilmaganda raqibini o‘tkazib yubordi. Natijada Bahodirov o‘ng qanotda to‘pni egallab olib katta tezlik bilan jarima maydoni ichiga kirib bordi. So‘ngra darvozaning yaqin pastki burchagini aniq nishonga olib, uchrashuvda hisobni ochdi – 1:0.

Goldan keyin hisobni tenglashtirish uchun vakillarimizda yana bir nechta imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo raqib posboni ham ayrim pallalarda mahorat ko‘rsatib, jamoasini gollardan qutqarib qolishga erishdi.

Shu tariqa uchrpshuvda jizzaxliklar kichik hisobda g‘alaba qozondi va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Eni 17 sentyabrSh kuni Andijonda “Nasaf” bilan o‘ynaymiz.

09/09/2016 yil

Oliy liga-2016. 21-tur

«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Andijon» (Andijon) 1:0
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), T. Gaynullin (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Inoyatov

Gol: Qahramon Bahodirov 65, – 1:0

“So‘g‘diyona”: 21. Muzaffar Abdullaev, 4. Elyor Oripov, 5. Murod Xolmuhammedov, 7. Sanjar Rashidov (8. Suhrob Qobilov, 81), 10. Muzaffar Muzaffarov, 15. Sarvar Jo‘raev, 16. Akmal Xolmurodov, 22. Bobir Qosimov (18. Qahramon Bahodirov, 63), 70. Rabbimjon Hasanov, 77. Sardor Eminov, 93. Ihtiyor Toshpo‘latov (90. Sarvar Xolmatov, 89).
Zaxira: 12. Shirinboy Abdullaev, 2. Dilmurod Ikromov, 9. Akmal Abdurahmonov, 17. Jamshid Hasanov, .

“Andijon”: 46. Xurshid Xodjaev, 8. ElShman Tagaev (91. Alibobo Rahmatullaev, 70), 17. Timur VasilShev, 18. Farhod Bekmurotov, 19. Denis IlShesku, 21. Javlon Guseynov, 29. Obid Jo‘raboev, 55. Dilshod Jo‘raev, 88. Andrey Bugnyak (22. Ro‘zimboy Ahmedov, 61), 89. Bobur Akbarov, 90. Pavel Smolyachenko (4. Azamat Isroilov, 46).
Zaxira: 1. Akmal Tursunboev, 25. Farruh Mirzaev, 26. Baxtiyor Qosimov, 32. Alisher Abduvohidov,

Chetlatish: Bobur Akbarov 44

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar