Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

“Nasaf” yana “Buxoro”ni taslim etdi. Bu safar yirik hisobda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 56
“Nasaf” yana “Buxoro”ni taslim etdi. Bu safar yirik hisobda

“Nasaf” jamoasi o‘z maydonida oliy liga 21-turi doirasidagi uchrashuvni “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuv boshlanishi oldidan, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning so‘nmas xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Uchrashuv kutilganidek jamoamiz tashabbusi bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardan maydonning har bir nuqtasida to‘p uchun kurash keskin tus oldi.

O‘yinning bunday kechishi ilk daqiqalardanoq mehmonlar tarkibida majburiy o‘yinchi almashtirilishiga sabab bo‘ldi. Bahodir Pardaev jarohat olib maydonni tark etdi. 10-daqiqada uning o‘rnini maydonda Vadim Chemirtan egalladi.

Uchrashuvdagi hisob jamoamiz tomonidan 11-daqiqadayoq ochildi. Chap qanotdan tashkil etilgan tezkor hujumda Ognen Krasich tezlik bilan oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga etkazib berdi. Darvoza yaqinida hamisha hoziru-nozir bo‘lgan Shaxboz Erkinov chaqqonlik bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi va gol muallifiga aylandi – 1:0. Tajribali hujumchimiz Shaxboz Erkinov bu bilan o‘zining 102-golini kiritdi.

O‘yinda hisob bo‘yicha oldinga o‘tib olgan jamoamiz keyin ham o‘yinni umuman susaytirmadi. O‘yinchilarmiz ketma-ket hujumlar tashkil qilishib, himoyachilarni sarosimada ushlab turishdi. Shundan so‘ng futbolchilarimiz mehmonlarga ham oldinga o‘tishga imkon berishdi. Bundan foydalanishni ko‘zlagan “Buxoro” jamoasi ham bor e’tiborini hujumlarga qaratdi. Futbolchilarimiz esa qarshi hujumda harakat qilishdi. Ularning bir necha uyushtirgan hujumlari gol bilan yakunlanishiga juda yaqin bo‘ldi. Ammo bunda darvozani ishg‘ol qilishda o‘yinchilarimizda aniqlik etishmadi.

Uchrashuvning 36-daqiqasiga kelib, jamoamiz hisobni 2:0ga o‘zgartirdi. Xuddi dastlabki gol bo‘lgan vaziyat yana deyarli takrorlandi. Tezkor tashkil etilgan qarshi hujum yana chap qanotdan rivojlantirildi. Yana Ognen Krasich to‘pni jarima maydoniga etkazib berdi. O‘zining chaqqon harakati bilan raqib himoyachilarni ortda qoldirgan yarim himoyachimiz Farrux Sayfiev bir zarba bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi – 2:0.

Uchrashuv birinchi bo‘limi ana shu hisobda yakun topdi.

Tanaffus paytida ikkinchi davradan jamoamiz a’zosiga aylangan tajribali hujumchimiz Shaxboz Erkinovga mamlakatimizning Krasnitsskiy nomidagi to‘purarlar klubi a’zosiga aylangani munosabati bilan, unga O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi futbol faxriylari kengashi raisining o‘rinbosari, sport ustasi To‘lagan Isoqov maxsus sovrinni topshirdi. Klubimiz rahbari – Shamil Yarulin esa unga “100” raqami aks ettirilgan maxsus futbolka topshirdi.

Ikkinchi bo‘lim ham xuddi dastlabki bo‘limdagidek jamoamizning ustunligida boshlandi. Albatta, “Buxoro” jamoasi ham bor kuchi bilan harakat qilib, Sanjar Quvvatov qo‘riqlayotgan darvozamiz oldida bir necha xavfli vaziyatlarni tashkil qilishdi.

Ikkinchi bo‘limda murabbiylar tarkib bo‘yicha bir necha o‘zgarishlarni amalga oshirishdi. Albatta bu o‘zgarishlar o‘yin sur’atini yanada oshirdi. Ammo jamoamizning tashkil etgan ko‘plab hujumlari samarasiz yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan legioner hujumchimiz Dragan Cheran ham uchrashuvda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi. 75-daqiqada Krasichning burchakdan oshirib bergan to‘pini u hammadan baland sakrab, boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi – 3:0.

O‘yinning qolgan daqiqalari ham kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionimizga tashrif buyurgan 4756 nafar tomoshabin juda chiroyli va mazmunli o‘yin guvohi bo‘lishdi. Maydonda harakat qilgan futbolchilarning barchasi bugun bor mahoratlarini namoyish qilishdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Jamoamiz futbolchilari esa bugun eng chiroyli o‘yin ko‘rsatishdi.

Shunday qilib, jamoamiz o‘z maydonida o‘tgan “Buxoro” jamoasiga qarshi, yana bir uchrashuvda, o‘z an’anasiga sodiq holda, g‘alabaga erishdi. Jamoamizning ketma-ket g‘alabali o‘yinlari soni 9taga etdi. Chempionatning ikkinchi davradasida jamoamiz o‘zining oltinchi g‘alabasini nishonladi. Futbolchilarimizga g‘alabali yurishlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

“Nasaf” jamoasi navbatdagi 22-tur uchrashuvini 17 sentyabr kuni safarda “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘zPFL 21-tur. 09.09.2016 y.

“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro) 3:0 (2:0). 4756 tomoshabin

Qarshi sh., “Markaziy” stadion. Soat 19:15da

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)-9,0

Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent)-9,0, Jahongir Saidov (Toshkent)-9,0.

Zaxira hakami: Baxtiyor YulShcharaev (Guliston)-9,0.

Nazoratchi: Gali Imamov (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Bobur Haydarov.

Gollar: Shaxboz Erkinov, 11’-1:0, Farrux Sayfiev, 36’-2:0, Dragan Cheran, 75’-3:0

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Aziz G‘aniev, 7.Shuhrat Muhammadiev, 15.Shaxboz Erkinov (69.Dragan Cheran 55), 18.Bahrom Abdurahimov, 22.IgorSh Golban, 23.Sherzod A’zamov, 24.Ognen Krasich (45.Bobir Abduxoliqov 84), 28.Fozil Musaev, 31.Saydullo Rahmatov (38.Doniyor Narzullaev 74), 34.Farrux Sayfiev.

Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 5.IlShdar Mamatkazin, 27.Islom Rashidxonov.

“Buxoro”: 1.Muhiddin Xudoyorov, 7.Suxrob Ne’matov, 11.San’at Shixov, 18.Bahodir Pardaev (70.Vadim Chemыrtan 10), 19.Jasur Hasanov (10.Shavkat Salomov 46), 23.Aleksandr Merzlyakov, 23.Bobirjon Amanov, 55.Shavkat Mullajonov, 61.Aziz Ibragimov, 87.Alisher Sanoev (8.Salamat Quttiboev 75), 93.Maksimilian Fomin.

Zaxira: 25.Shoxjahon Nasimov, 16.Artem Filiposyan, 17.Jaloliddin Ubaydullaev, 30.Asilbek Amanov.

Ogohlantirish: Farrux Sayfiev 40 - Bobirjon Amanov 18, Shavkat Mullajonov 38, Suxrob Ne’matov 73.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar