Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

"Navbahor" irodali durangga erishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 58
"Navbahor" irodali durangga erishdi

Bugun Oliy liga 21- tur o‘yinlari doirasida “Navbahor” o‘z maydonida “Olmaliq” jamoasini qabul qildi.

Birinchi bo‘limni “navbahorchilar” aslida faol boshlashgandi. Ammo, “Olmaliq” tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Xurshid Muxtorov uchrashuvda hisobni ochishga erishdi. Vaziyatni o‘nglash maqsadida futbolchilarimiz uzoq masofalardan zarbalar yo‘llashdi. Xususan Dilshod Jabborov va Dordji Sangadjiev ikki marotabadan Ortiqov qo‘riqlayotgan darvozani nishonga olishga urinib ko‘rishgan bo‘lsada, omad “lochinlar”dan yuz o‘giraverdi. Aksincha Shkvirin shogirdlari 27- daqiqaga kelib ikkinchi golni urishni uddalashdi. Muhammad Isaev chamasi 25 metrlardan chiroyli tarzda Parvanov darvozasini ishg‘ol qildi - 0:2. Birinchi bo‘lim oxirigacha har ikki jamoa vakillarida gol urish uchun qulay vaziyatlar yuzaga keldi, lekin hisobni o‘zgartirish tanaffusga qadar hech bir jamoaga nasib etmadi.

Futbolchilarimiz ikkinchi bo‘limni hujumkor ruhda boshlashdi. Natijada qisqa vaqt ichida hisob tenglashdi. Avvaliga Abdumalik Abdullaev A’zam Alievning oshirib bergan to‘pini egallab olgan holda ikki himoyachi qurshovida bo‘lishiga qaramay jarima maydonchasiga yorib kirib aniq zarba yo‘lladi. Oradan bir daqiqa o‘tgach Dordji Sangadjievning chap qanotdan uzatib bergan to‘pini Islom Isoqjonov kuchli zarba bilan “Olmaliq” darvozasiga yo‘llab hisobni tenglashtirdi. Vakillarimizning quvonchlari uzoqqa cho‘zilmadi. Chap qanotdan oldinga intilgan olmaliqliklar uchinchi golni urishga erishishdi. Jarima maydonchasining qarama-qarshi tomonida yolg‘iz qoldirilgan Arslonmurod Omonovga Parvanov darvozasini nishonga olish qiyinchilik tug‘dirmadi. Omonovning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘sini bilan “o‘pishgan” holda to‘rdan joy oldi – 2:3.

Ikkinchi bo‘limni faol tarzda o‘tkazgan futbolchilarimiz uchinchi goldan keyin tushkunlikka tushmasdan oldinga intilishda davom etishdi. Natijada 72-daqiqaga kelib hisob yana tenglashdi. Vakillarimiz burchak to‘pni amalga oshirishgach, raqib himoyachilari to‘pni qaytarishga erishishdi. To‘pga ega chiqqan Alisher Mahmudov 23 metrlardan kuchli zarba yo‘llab o‘yingohni larzaga keltirdi. Uchrashuvning qolgan vaqti davomida ham gol urish uchun har ikki jamoada ham imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo, hech bir futbolchiga 3:3 hisobidagi durangni o‘zgartirish nasib etmadi. Tanaffusga qadar ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgan futbolchilarimiz o‘z irodalarini namoyish etib, irodali durangni qayd eta olishdi.

«Navbahor» - «Olmaliq» - 3:3 (0:2). 9 sentyabrSh. Namangan. «Markaziy» o‘yingoh. 3241 tomoshabin.
Hakamlar: IlShgiz Tantashev, Bobir Qodirov, Abdurahmon Qo‘ldoshev, Ahrol Risqullaev.
Nazoratchi - Alisher Abdullaev.
PFL vakili – Roman Chernikov.
«Navbahor»: 34. Artur Parvanov, 7. Akram Bahritdinov, 9. Dilshod Jabborov, (S), 10. Alisher Mahmudov, 19. Vladislav Aleksin (50. Abdumalik Abdullaev, 31), 21. A’zam Aliev (35. Bilol Sharofiddinov, 89), 26. Qahramon Mahammadjonov, 27. Murod To‘ychiboev, 28. Islombek Isoqjonov, 33. Tohir Shamsitdinov, 63. Dordji Sangadjiev (99. Ruslan Vagapov, 69).
«Olmaliq»: 87. Akmal Ortiqov, 3. Saidkomil Akbarov, 5. Evgeniy GogolSh (S), 7. Arslonmurod Omonov (13. Otabek Valijonov, 90+4), 9. Mo‘ydin Mamazulumov (7. Diyor Turopov, 65), 11. Zohir Pirimov, 17. Muhammad Isaev, 19. Islom Inomov, 55. Hasan Asqarov, 94. Xurshid Muxtorov, 99. Shohnazar Norbekov (14. Doniyor Ismoilov, 66).
Gollar: A. Abdullaev (47), I. Isoqjonov (49), A. Mahmudov (72) - X. Muxtorov (7), M. Isaev (28), A. Omonov (50).
Ogohlantirishlar: Q. Mahammadjonov (68) - H. Asqarov (52), I. Inomov (85).
Chetlatish: H. Asqarov (55, ikkinchi ogohlantirish).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar