Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Eron: Osiyo taxti egasi o‘zining ettinchi mundialiga tayyor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 206
Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Eron: Osiyo taxti egasi o‘zining ettinchi mundialiga tayyor

Eron va futzal so‘zlari yonma-yon kelganida sportdan ozgina xabari bor insonlar gap qanday kuch haqida ketayotganini yaxshi tushunadi.

Forslar Jahon Chempiotida eng muvaffaqiyatli ishtirok etishi doimo kutiladigan Osiyo etakchilari hisoblanadi. Mundialdagi ilk chiqishini yarim final bilan yakunlagan Erondan yana nima kutish mumkin?

Kolumbiyaga yo‘l

Eron terma jamoasi Osiyo Braziliyasi. Forslar Toshkentga Jahon Chempionati yo‘llanmasini yutib olish uchun emas, duch kelgan raqibni birma-bir «uchirish» va bu orqali qit’a qiroli kim ekanini hammaga yana bir bor eslatib qo‘yish uchun etib kelishgandi.

Jamoaning yo‘lidan birinchi bo‘lib Iordaniya chiqdi — 6:0. Ikkinchi raqib Xitoy 7:0 hisobida mag‘lub etildi. Guruhdagi so‘nggi o‘yinda Iroq Eron postiga ikkita gol urgani bilan g‘ururlanishi mumkin edi, agar o‘z darvozasidan 13 ta gol o‘tkazib yubormaganida.

Chorak finalda forslar hammasini yana boshidan boshlashdi va qirg‘izistonliklarga 10 tadan ko‘p gol urmaslikka qaror qilishdi — 7:0. VShetnamning yarim finaldagi aybi esa Eron darvozasiga 1 ta gol urgani edi. Evaziga 13 ta gol qabul qilib oldi.

Final uchrashuvini aytib o‘tmasak bo‘lmaydi. O‘zbekiston terma jamoasi to‘xtatish qiyin bo‘lgan Eronga qarshi saf tortdi. O‘yin 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘lgani ko‘pchilikni ajablantirdi. Qaysi ma’noda deysizmi? Forslar hech bo‘lmaganda 3 ta gol farqi bilan zafar quchishiga ko‘pchilik ishongandi.

Jamoa haqida

Osiyo Chempionatidagi 6 ta o‘yinda 48 ta gol urgan jamoaga yana qanday ta’rif berish mumkin? Vaholanki eronlik muxlislar mamlakat futzal terma jamoasining kuchsizlanib qolganidan xavotirda ekanini yashirayotgani yo‘q. Ularning fikriga ko‘ra, avvalgi Eron hozirgisidan kuchliroq bo‘lgan. Mana shu qarash ham Eron o‘zi uchun saviyani naqadar yuqori belgilashini ko‘rsatib turibdi.

Forslarning hujumkor jamoa ekani-ku aniq. Bundan tashqari himoyasi ham chakki emas. Bor yo‘g‘i 4 ta gol o‘tkazib yuborgani ham buni ko‘rsatib turibdi. Va bitta jihatga ishoning, gol o‘tkazmaslik kerak bo‘lganida, na Iroq va na VShetnam bu ishning uddasidan chiqardi.

Bosh murabbiy Muhammad Nozimalshariy 2012 yil Tailandda to‘p surgan futzalchilar asosida yaxshi jamoa shakllantira olgan. Xusayn Toyibiyning o‘zi mundialga tashrif buyurayotgan har qanday jamoani kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futzalchidir. Qit’a chempionatida 11 ta golga mualliflik qilgani ham buni ko‘rsatib turibdi. Uning atrofida jam bo‘lgan Ali Asqar Hasanzoda, Mahdiy Javid, Farhod Tavakkoliy kabi futzalchilar kerak bo‘lsa Evropa termalarini ham qo‘rquvga sola oladi.

Mundiallar tarixi

Braziliya, Ispaniya va Argentina terma jamoalari 1989 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan Jahon Chempionatlarida uzluksiz ishtirok etib kelayotgan uch jamoa ekani haqida aytib o‘tgandik. Keyingi olti mundialda esa forslar ishtirok etishdi.

1992 yil Eron terma jamoasi Gongkongga tashrif buyurib, yarim finalga qadar etib bordi va turnirni 4-o‘rinda yakunlashga erishdi. 1996, 2000 va 2004 yilgi Jahon Chempionatlarida Eron guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tdi. 2008 yil Braziliyada munosib ishtirok etildi, 2012 yil Tailand zallarida forslar chorak finalga qadar etib borib, Kolumbiyadan 1:2 hisobida engildi.

Mana endi Eron Kolumbiyaning o‘ziga tashrif buyurib, Ispaniya, Marokash hamda Ozarbayjon bilan bir guruhdan joy olgan. Oson bo‘lmaydi o‘yinlar. Ispaniya Evropaning amaldagi va jahonning ikki karra chempioni. Ozarbayjonga qarshi bellashuvni esa terma jamoalar o‘rtasidagi derbi deb atashingiz mumkin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar