Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Sho‘rtan"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 37
Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Sho‘rtan"

Bugun oliy liganing 21-tur uchrashuvlariga start beriladi. "Lokomotiv" o‘z maydonida G‘uzorning "Sho‘rtan" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Oliy liga, 21-tur. 9 sentyabrSh
LOKOMOTIV - ShO‘RTAN
Bosh hakam: Olim Tolibjonov

Turnir jadvalidagi o‘rni: "Lokomotiv" 1-o‘rinda (49 ochko), "Sho‘rtan" 11-o‘rinda (20 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 29 ochko.

Ta’rif: Aslida "Sho‘rtan" hozirgacha 23 ochko to‘plagandi, biroq PFL qaroriga ko‘ra klubdan 3 ochko olib tashlangan. Bugun ikkala jamoa ishtirokida chiroyli futbol kechishi kutilmoqda. Albatta, o‘yinda "Loko" favorit, ammo "Sho‘rtan" ham anoyilardan emas. Bu jamoa o‘tgan tur 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotib, yakunda 3:2 hisobida zafar quchganini unutmaslik lozim.

Fakt: Birinchi davrada G‘uzorda kechgan bahsda "temiryo‘lchilar" 2:0 hisobida zafar quchishgandi. "Loko" safida Timur Kapadze bilan Server Jeparov gol muallifi bo‘lishgan.

Fakt: "Lokomotiv" oliy ligada o‘z maydonida 10ta uchrashuv o‘tkazib, shundan 9tasida g‘alaba qozongan va bir marta durang o‘ynagan. To‘plar nisbati 29-4. "Sho‘rtan" esa safar bahslarida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor zafar quchgan. Bir marta durang o‘ynab, 7 marta mag‘lub bo‘lgan. To‘plar nisbati 16-23.

Fakt: "Lokomotiv" ikkinchi davrada to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, uchtasini g‘alaba bilan yakunladi. "Sho‘rtan" esa beshta o‘yindan ikkitasida zafar quchdi va uch bor mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatma: "Do‘stlik" stadionida kecha o‘tkazilgan Yoshlar ligasi bahsida kuchlar teng keldi. "Lokomotiv" - "Sho‘rtan" 2:2.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar