Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi o‘tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 85
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi o‘tkazildi

Bugun, 9 sentyabrSh kuni, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi anjumanlar zalida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

15 sentyabrda boshlanadigan qit’a birinchiligiga O‘zbekiston-16 terma jamoasi, 9 sentyabrSh tunida gol yo‘l oladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rahbariyati o‘smirlar terma jamoasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, O‘FF terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va O‘zbekiston U-16 delegatsiyasi ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo‘jaev so‘zga chiqib, jamoaning turnirga qay tarzda tayyorlangani, futbolchilarni tanlab olish jarayoni, o‘tkazilgan yig‘inlar va o‘rtoqlik uchrashuvlari to‘g‘risida ma’lumot berib, bo‘lajak turnirda jamoa eng yuqori vazifalarni bajarishga tayyor ekanini bildirdi.

Murabbiydan so‘ng jamoa sardori – Oston O‘runov hamda jamoaning yana bir futbolchisi – Islom Karimov ham so‘zga chiqib, jamoa Vatan sharafini munosib himoya qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Jamoa a’zolaridan keyin O‘FF prezidenti muhim turnir oldidan o‘smirlar terma jamoasiga o‘z tilaklarini bildirdi.

“Hozir qo‘lga kiritilayogan yutuqlar o‘zgacha ahamiyatga ega. Sizlarning hammangiz mustaqillik farzandlarisizlar. Mustaqil yurtda tug‘ilib, voyaga etyapsizlar. Mana shu yurt, og‘ir judolikni boshdan kechirdi. Mana shunday vaziyatda, Vatan sharafini himoya qiliish uchun maydonga tushayotganingizni his qilib tursangiz – hammasi yaxshi bo‘ladi. Milliy terma jamoani ko‘rdinglar. Uchinchi bosqich endi boshlandi. Jamoa o‘yini hali mukammal bo‘lmasligi mumkin. Lekin ular hozir xalqimiz uchun g‘alabalar qanchalik muhim ekanini anglagan holda maydonga tushishdi va g‘alabalarga erishishdi.

O‘zinglar ham aytib o‘tganinglardek, sizlar hech kimdan kam emassiz. Mamlakatning shu yoshdagi eng sara futbolchilari sifatida tanlab olindinglar, Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdinglar, tayyorgarlik jarayonini o‘tkazdinglar. Endi ortingizda O‘zbekiston xalqi turganini his qilib, maydonga tushsangiz bo‘ldi. Jahon chempionati yo‘llanmasiga ham, chempionlikka ham erisha olasizlar shunda. Omad tilayman!” – deya O‘FF prezidenti jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabiga bo‘lajak musobaqa oldidan muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan, O‘FF bosh kotibi Sardor Raxmatullaev hamda O‘FF terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonovlar ham so‘z olib, jamoa delegatsiyasiga bo‘lajak Osiyo chempionatida munosib ishtirok etishlarini tilashdi. Aynan mana shu yosh vakillari o‘rtasida O‘zbekiston Osiyo chempioni bo‘lib ulgurgani va ana shu natijani ushbu jamoa ham takrorlay olishiga ishonishlarini bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini 17 sentyabrSh kuni Tailandga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Guruh bosqichida, shuningdek, Shimoliy Koreya hamda Yaman to‘smirlar terma jamoalari Olimxo‘jaev boshchiligidagi jamoaga raqiblik qiladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar