Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

Suzish bo‘yicha Olimpiya chempioni Rayan Loxte Riodagi mojaro sababli musobaqalardan 10 oyga chetlatildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 28
Suzish bo‘yicha Olimpiya chempioni Rayan Loxte Riodagi mojaro sababli musobaqalardan 10 oyga chetlatildi

Suzish bo‘yicha AQSh terma jamoasining a’zosi, 4×200 metrga kompleks usulda estafeta suzishda Rio–2016 Olimpiadasining chempioni Rayan Loxte 10 oyga barcha musobaqalardan chetlatildi. Loxtening diskvalifikatsiyasi haqidagi qaror Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, AQSh olimpiya qo‘mitasi va AQSh suzish federatsiyasi tomonidan qabul qilindi. Bu haqda AFP’ga tayanib, «RBK» xabar bermoqda.

Rayan Loxte Rio–2016 Olimpiadasi davomida AQSh termasidagi jamoadoshlari – Jimmi Feygen, Jek Konger va Gunnar Bentts bilan noma’lum kimsalar tomonidan tunab ketilgani haqida ma’lum qilgandi.

Surishtiruv natijasida hech qanday o‘g‘rilik sodir bo‘lmagani, aksincha, Loxte va uning jamoadoshlari yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi hojatxona eshigini buzgani aniqlandi. Shoxobcha qo‘riqchisi sportchilardan etkazilgan zararni qoplashni so‘ragan. Yakunda Loxte yolg‘on gapirganini tan oldi va buning uchunuzr so‘ragan edi.

Avgust oyi yakunida suzish sporti kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Speedo hamda Ralph Lauren kompaniyasi Loxte bilan homiylik shartnomalarini bekor qildi.

Rayan Loxte Afina–2004 Olimpiadasida 1 oltin medalni olgan, Pekin–2008 va London–2012 Olimpiya o‘yinlarida ikki martadan chempion bo‘lgan. Shuningdek, 32 yoshli sportchi jahon chempionatlarida 18 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar