Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

«Manchester derbi»si va haftaning yana 4 to‘qnashuvi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 68
«Manchester derbi»si va haftaning yana 4 to‘qnashuvi

“Erudit Sport” nashri quyida juma va shanba kunlari tseziy, saxaroza, qo‘rg‘oshin, alShyuminiy va oltinni eritishga qodir haroratdagi besh to‘qnashuvni tomosha qilishni tavsiya etadi:

+28,64◦S match:

“SevilShya” – “Las Palmas”

10 sentyabr (shanba)

O‘zaro uchrashuvlar:

23 G‘ALABA 6 DURANG 25 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “SevilShya” – “Las Palmas” 0:2 va 2:0

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“SevilShya” – “Las Palmas”

205 million evro VS 47,20 million evro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

La liga startida “Real”, “Barselona” yoki “Atletiko”dan o‘tib, birinchi o‘rinni band etib turgan las-palmasliklarning “ishtahasi karnay”. Jamoa o‘tgan mavsum raqiblar darvozasiga joylab qo‘ygan 20 foiz to‘pni ikki tur ichida kiritganiga nima deysiz? O‘zidan to‘rt barobar qimmatroq raqibini yo‘ldan olib tashladi hatto. Chempionatning eng arzon tarkibiga ega “Las Palmas”ning maqsadi jiddiyga o‘xshaydi. Bir vaqtning o‘zida Primerada eng ko‘p legionerdan tarkib topgan “SevilShya” “ob-havo” natijalar ko‘rsatyapti. Ilk turda “gollar shousi”ni uyushtirib, keyingi matchda nursiz durang qayd etdi. Bu Xorxe Sampaoli shogirdlari qator ko‘rsatkichlar borasida etakchilar qatorida ketayotgan bo‘lsada, to‘la-to‘kis o‘yinini topib olmaganini anglatadi. Qolaversa, qarama-qarshilik ishtirokchilari oxirgi ikki bahsda yaqqol ustunlikka erishmagan. Har ikki klub o‘z uyida raqibining “po‘stagini qoqqan”. Qiziq, o‘sha an’ana qaysi jamoa tomonidan buziladi?

+185◦S match:

“ShalShke-04” – “Bavariya”

9 sentyabr (juma)

O‘zaro uchrashuvlar:

11 G‘ALABA 16 DURANG 26 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “ShalShke-04” – “Bavariya” 1:3 va 0:3

Imkoniyat: 30/30/40

Jamoalarning transfer qiymati:

“ShalShke-04” – “Bavariya”

212,18 million evro VS 582,15 million evro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Yo‘qotgan o‘yinini qidirish bilan ovora “Konchilar” transfer bozorida ortiqcha xarj qilmay mavjud resurslardan ham san’at asarini yaratish mumkinligini isbotlashga eng shimarib kirishgan “Karlo ota”ga duch kelmoqda. Maydon egalari tarkibni yangilash maqsadida o‘n uch futbolchiga shartnoma taklif qildi. Shunga qaramay, birinchi turda o‘tgan mavsumni o‘n oltinchi o‘rinda yakunlagan “Ayntraxt”ga yutqazib qo‘ydi. Bir o‘yinda darvoza tomon 27 zarba yo‘llayotgan jamoaga qarshilik ko‘rsatish qiyin kechishiga shubha yo‘q. Ha, murabbiy Markus VayntsirlSh qandaydir chora ko‘rmasa, “ShalShke-04” o‘n ikkinchi o‘yinda ham uch ochkodan quruq qoladi (mehmonlar ketma-ket 11 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramagan). Qolaversa, “Nemis mashinasi”ning “ruli” ishonchli qo‘llarda ekanligi ham uchrashuvning haroratini oshiradi.

+327,5◦S match:

“Arsenal” – “Sautgempton”

10 sentyabr (shanba)

O‘zaro uchrashuvlar:

38 G‘ALABA 22 DURANG 18 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Arsenal” – “Sautgempton” 0:3 va 2:0

Imkoniyat: 40/30/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Arsenal” – “Sautgempton”

468,50 million evro VS 199 million evro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

E’tiborlisi, to‘qnashuv ishtirokchilarining so‘nggi besh bahsida “To‘pchilar” atigi besh ochkoning egasiga aylangan. Ayniqsa, o‘tgan mavsumda “Sautgempton” maydonida qaqshatkich mag‘lubiyatga uchragan. Mehmonlarning “ishongan tog‘i” mutaxassis RonalShd Kuman ketgani londonliklarga qo‘l kelmasligining ehtimoli yuqori. Sababi ayni damda “Sotonlar” uzatmalarning aniqligi borasida to‘rtinchi, to‘p nazoratida uchinchi, darvozaga zarba yo‘llashda ikkinchi jamoa hisoblanadi. Ya’ni, mezbonlar yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqibidan ortda. Ammo murabbiy Klod PyuelSh boshqaruvidagi jamoa hujumlarga “nuqta qo‘yishda” oqsamoqda. Shunday ekan, “To‘pchilar” raqib darvozasini “o‘qqa tutib”, o‘z navbatida, darvoza daxlsizlini saqlay bilsa, ochko yo‘qotmaydi. Umuman olganda, har ikki tomonning ochko yo‘qotishiga haqqi yo‘q. Raqib uyida safar uyushtirayotgan “Sautgempton” boshi durangdan chiqmayotgani uchun. Mutaxassis Arsen Venger mo‘may mablag‘ evaziga tarkibni yangi ijrochilar bilan to‘ldirgani uchun.

+660,1◦S match:

“LiverpulSh” – “Lester”

10 sentyabr (shanba)

O‘zaro uchrashuvlar:

33 G‘ALABA 20 DURANG 31 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “LiverpulSh” – “Lester Siti” 1:0 va 0:2

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“LiverpulSh” – “Lester Siti”

387,20 million evro VS 210,50 million evro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

His-tuyg‘ularga boy koach Yurgen Klopp ha deganda barqaror o‘yin namoyish etolmayapti. Uch tur ichida g‘alaba ham qozondi, mag‘lubiyatga ham uchradi, jangovar durangga ham imzo chekdi. Demak, qanday bo‘lmasin vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirishi talab etiladi. Qiziqarlisi, jamoalarning imkoniyati deyarli teng. “Mersisaydliklar” to‘pni maydon markazda ushlab turib (42 foiz), chap qanot orqali hujumga o‘tsa (38 foiz), “Tulkilar” maydon markazida harakatlanib (45 foiz), har ikki qanotni ishga soladi (37 va 38 foiz ). Shuni ta’kidlash kerakki, tomonlar himoyada “o‘tirishni” xush ko‘rmaydi. Maydon egalari to‘qson daqiqaning 26 foizini, mehmonlar 25 foizini o‘z jarima maydoni atrofida o‘tkazadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: kim kimning “og‘zidagi oshini” tortib oladi?

+1063◦S match:

“Manchester Yunayted” – “Manchester Siti”

10 sentyabr (shanba)

O‘zaro uchrashuvlar:

55 G‘ALABA 46 DURANG 41 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Manchester Yunayted” – “Manchester Siti” 0:0 va 1:0

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Manchester Yunayted” – “Manchester Siti”

534,25 million evro VS 518 million evro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Joriy turda turnir jadvalida etakchilikni o‘z qo‘liga olgan “Shaharliklar” ularni quvishda davom etayotgan “Mankunianlar”ning mehmoni bo‘ladi. “Manchester derbisi” bahonasida eski tanishlar (raqiblar ham) MourinSho va Gvardiola munosabatlarga oydinlik kiritadi. Yangi jamoalar boshqaruvida eski hisob-kitoblarini davomlaydi. Bundan tashqari, hujumchi Ibragimovichning sobiq “ustozi”ga ataganlari bor. O‘ch olishga shaylanayotgan bo‘lsa ham ajablanmaymiz. Xullas, uchrashuv “syurprizlar”ga boy. Xo‘sh, derbida “Yunayted” “Siti”ning oyog‘idan chala biladimi yoki o‘zi qo‘ygan tuzoqqa ilinadi? Boshqa tomondan, mezbonlar bir ko‘rsatkichda, mehmonlar ikkinchi natijada etakchi. Masalan, MourinSho shogirdlari o‘rtacha hisobda 7 zarba yo‘llasa, Gvardiola qo‘l ostidagi o‘yinchilarda bu ko‘rsatkich 5 zarbaga teng. “Ikkinchi qavat”dagi kurashlarda ispaniyalik murabbiy shug‘ullantirayotgan jamoaning ustunligini ko‘rish mumkin (18 ga 12). Xullas, mazkur matchda raqibidan bir bosh baland sakragan, ikki karra ko‘proq kuch sarflagan g‘alaba qozonishi shubhasiz.

Ulug‘bek RAHMONQULOV

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar