Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

Elmurod Tasmurodov: “Yurtboshimizning xotirasi oldida ta’zim qilamiz”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 76
Elmurod Tasmurodov: “Yurtboshimizning xotirasi oldida ta’zim qilamiz”

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti butun xalqimizni chuqur qayg‘uga soldi. Kuni kecha o‘zbekistonlik sportchilar Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza medallarini qo‘lga kiritib qaytganida xalqimiz juda quvongan edi. Olimpiada sovrindorlariga Prezident Farmoni bilan pul mukofotlari hamda Malibu avtomobili taqdim etildi. Biroq shunday quvonchli kunlarda sportchilarning qo‘lini siqib, farzandlarini g‘alaba bilan qutlash Prezident Islom Karimovga nasib etmadi. Aslida o‘zing ekkan niholning mevasini eyishdanda totli on yo‘q. Islom Karimov farzandlarining zafar quchganini ko‘rdi, to‘yni to‘yonasiz qo‘ymadi, biroq quvonch to‘la ko‘zlarni yoshlatib ketdi.
Xalqimiz boshiga tushgan og‘ir musibat Olimpiada sovrindorlarining kayfiyatiga ham ta’sir o‘tkazdi.
Elmurod Tasmurodov, yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempioni, jahon chempionati va XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori:
– Prezidentimiz hamisha yurti, xalqi uchun yonib, jonini fido qilib yashadi. Yurtboshimizning biz yoshlarga “buyuk kelajagimiz egalari” deya alohida mehr ko‘rsatgani, har birimizni bag‘riga bosishga, nimaiki orzuimiz bo‘lsa ijobat qilishga tayyor ekani hech qachon yodimizdan chiqmaydi.
Islom Karimovning xalqimizga in’om etgan eng oliy tuhfasi, shubhasiz, yurtimizning tinchligi, osmonimiz musaffoligidir. Tinchlik bo‘lmasa, hech qanday g‘alaba ham, bayram ham tatimasligini yaxshi bilamiz.
Men mustaqilligimiz e’lon qilingan 1991 yili tug‘ilganman. Butun hayotim, sportda erishgan yutuqlarim mustaqil Vatanimiz, Prezidentimizning e’tibor va g‘amxo‘rligi bilan chambarchas bog‘liq. Mamlakatimizda yoshlarning kamoloti uchun yaratilgan keng imkoniyat va sharoitlar tufayli xalqaro maydonlarda ulkan natijalarga erishayapmiz. Buning uchun Yurtboshimizning xotirasi oldida ta’zim qilamiz.
Braziliyada o‘tgan Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabalarimizni xalqimiz, Prezidentimiz katta quvonch bilan kutib olgan edi. Yurtboshimiz kamtarona mehnatimni yuksak baholab, 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeniga munosib ko‘rdi. Afsus, u kishi bilan ko‘rishish, davlat mukofotini o‘z qo‘llaridan olish, minnatdorchiligimni izhor qilish orzusi endi menga armon bo‘lib qoldi...
Prezidentimizning ruhini shod qilish uchun biz, sportchilar bundan keyingi nufuzli xalqaro musobaqalarda, xususan, 2020 yili Yaponiyada bo‘ladigan Olimpiadada ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga va’da beramiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar