Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

"Andijon": Yoshlarimiz Jizzaxda mag‘lub bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 59
"Andijon": Yoshlarimiz Jizzaxda mag‘lub bo‘ldi

Ma’lum muddatlik tanaffusdan so‘ng yoshlar ligasining navbatdagi tur o‘yinlariga start berildi.
“Andijon” yoshlar jamoasi payshanba oqshomida “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘lib, kutilmaganda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Maydonga har ikki jamoa vakillari qora bog‘ich bilan tushib kelganini va o‘yin muhtaram prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanganini aytish lozim. Joriy mavsum medallar uchun kurashayotgan o‘rinbosarlar jamoamiz Jizzaxda kechgan bahsda omadsiz start oldi. Boisi uchrashuvning 2-daqiqasidayoq bosh hakam Azamat Bobojonovga qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Ushbu yo‘qotish yosh “burgutlar”ga qaysidir ma’noda ruhan tasirini o‘tkazmasdan qolmadi. Chunki safarda maydon egalariga qarshi bir kishi kam bo‘lib xarakat qilish har qandy jamoaga qiyinchilik tug‘diradi. tabiiyki “Andijon”ning ham o‘yin rejasi o‘zgarib ketdi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay yoshlarimiz maydonda astoydil xarakat qilib, raqibga etarlicha qarshilik ko‘rsatishga erishdi. Buni ular birinchi bo‘limda xar xolda yaxshi uddaladi. Birinchi davrani aynan jamoamizda o‘tkazgan iqtidorli posbon Nodirjon Ashurmatov shu kuni bir necha bor jizzaxliklarning joniga aro kirdi deyish mumkin. “So‘g‘diyona” darvozaboni bir necha vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Garchi birinchi bo‘limda har ikki klubda ham hisobni ochish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada, darvozalar dahlsizligi saqlanib qolindi. Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar safida yangi kuchlar maydonga tushdi. Ayniqsa Jamshid Hasanovning maydonga tushishi raqib o‘yinining kuchayishini ta’minladi. Aynan futbolchining o‘ng qanotdagi xatti-xarakatlari xavfli tus oldi va gollar bilan yakunlandi. Avvaliga Sarvar Xolmatov hisobni ochishga erishgan bo‘lsa keyinchalik Mo‘min Meliev ikkita to‘p kiritib, dublga erishdi. Yoshlarimiz bunga javob qaytarish maqsadida astoydil oldinga o‘tgan bo‘lsada, maqsadiga erisha olmadi. Natijada “Andijon” o‘rinbosarlari qimmatli uch ochkoni qo‘ldan boy berdi. Endi 16 sentyabrSh kuni yoshlarimiz Andijonda “Nasaf” o‘rinbosarlarini qabul qiladi. 08.09.2016 yil Yoshlar ligasi 21-tur «So‘g‘diyona» – «Andijon» – 3:0. Jizzax. 84 tomoshabin. Hakamlar: K. Rasulov (Qarshi) – 7,4, Sh. Qayumov – 7,2, M. Turdiev – 8,0, Sh. Fayziev – 9. Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent). Gollar: Sarvar Xolmatov (65), Mo‘min Meliev (73, 76). “Andijon”: 12. Barakatillo Isroilov, 2. Artur Mamatkazin, 5. Azamat Bobojonov, 14. Abror Komilov, 17. Shoxruh Ergashev, 18. Shoyad Mullajonov, 21. Alisher Abduvohidov, 28. Jahongir Maqsudov, 32. Shoxjahon Hasanov, 44. Dilmurod Mahmudov (S), 89. Vyacheslav Purak.

Zaxira: 46. Xurshid Xodjaev, 3. Ahror O‘ktamov, 10. Baxtiyor Qosimov, 26. Farruh Mirzaev, 84. Xondamir Yuldashev.

“So‘g‘diyona”: 76. Nodirjon Ashurmatov, 2. Dilmurod Ikromov, 4. Jasur O‘rinov, 6. Aziz Mirzaev, 7. Shahboz Jo‘rabekov, 8. Izzat Abdullaev, 9. Akmal Abdurahmonov, 11. Mo‘min Meliev, 21. Dadashjon Mamatqulov, 23. Doston Oripov, 88. Sarvar Xolmatov.

Zaxira: 12. Shirinboy Abdullaev, 5. Jamshid Hasanov, 19. Shoxruh Akbarov, 22. Asil Oripov, 39. Shoxruh Anorboev, 77. Ibrohim Qodirov, 94. Murozxo‘ja Jabborov. Ogohlantirishlar: Sarvar Xolmatov (2) – Artur Mamatkazin (83). Chetlatish: Azamat Bobojonov («Andijon», 2). Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar