Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

Paralimpiada-2016. Yana ikkitadan kumush va bronza!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50
Paralimpiada-2016. Yana ikkitadan kumush va bronza!

Rio-de-Janeyro paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz medallarni qo‘lga kiritishda davom etishmoqda.
Erkaklar batterflyay uslubida (S13) 100 metrga suzish musobaqasida birdaniga ikki nafar sportchimiz shohsupaga ko‘tariladigan bo‘ldi. Kirill PanShkov va Muzaffar Tursunxo‘jaev bugun ertalab o‘tkazilgan saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi. Finalda esa PanShkov finishga 2-o‘rinda etib kelgan bo‘lsa, Tursunxo‘jaev bronza medaliga ega bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasidagi batterflyay uslubida (S13) 100 metrga suzish musobaqasi ham qiziqarli kechdi. Birdaniga 3 nafar sportchimiz saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi. Dastlabki 50 metr masofada Muslima Odilova 1-o‘rinda borayotgandi, biroq finishga AQShlik suzuvchi birinchi bo‘lib etib keldi. Odilova kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Fotimaxon Omilova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shoxsanamxon Toshpo‘latova esa 4-o‘rinni band etdi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilar paralimpiya o‘yinlarining ilk kunida naq 8 medalni qo‘lga kiritishdi. Ulardan 3tasi oltin, 2tasi kumush va yana 3tasi bronza. Ushbu natija bilan O‘zbekiston delegatsiyasi medallar hisobi bo‘yicha 3-o‘rinda bormoqda. Beshtadan oltin medallarni jamg‘argan Xitoy va Buyuk Britaniya 1 va 2-o‘rinlarni egallab turishibdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar