Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

"Navbahor" yoshlari "Olmaliq" klubiga yutqazdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 40
"Navbahor" yoshlari "Olmaliq" klubiga yutqazdi

Yoshlar birinchiligining navbatdagi turida yosh “navbahor”chilar “Olmaliq” jamoasidagi tengqurlari bilan bahs olib borishdi.

Uchrashuvning dastlabki qismida olmaliqliklar tashabbusga erishishdi. Buning natijasida mehmonlarda gol urish uchun ikki bor yaxshigina imkoniyat yuzaga keldi. Korniychuk mahoratini namoyish etib, darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Birinchi bo‘limning uchdan bir qismi ortda qolgan vaziyatda esa iqtidorli yoshlarimizdan biri Ahmad Mamadalievda hisobni ochish imkoni yuzaga kelgandi. Ammo, futbolchimizning o‘tkir burchak ostidan yo‘llagan zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi. Oradan biroz vaqt o‘tgach Bilol Sharofiddinovning 23 metrlardan tepgan to‘pi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.

24-daqiqaga kelib esa uchrashuvda hisob ochildi. Shahboz Umarovning burchakdan oshirib bergan to‘pini Timur Ergashev boshi bilan “Navbahor” darvozasiga aniq yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi. Yoshlarimiz vaziyatni o‘nglash maqsadida hujumkorlikka zo‘r berishdi. Ammo, tanaffusga qadar “Olmaliq” darvozasiga yo‘l topishni imkoni bo‘lmadi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa vakillarida ham hisobni o‘zgartirish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘lsada, gol urish hech kimga nasib etmadi. Birinchi bo‘limda urilgan yagona gol “Olmaliq” yoshlariga g‘alaba keltirdi. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin yoshlarimiz musobaqa jadvalida o‘z o‘rnini “Metallurg” jamoasiga bo‘shatib berishga majbur bo‘lib, beshinchi pog‘onadan joy olishdi.

“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:1). 8 avgust. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh.
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Islom Nosirov, Abdurahim Jabbarov, A’zam Rajabbaev.
Nazoratchi – Alisher Abdullaev.
“Navbahor”: 12. Aleksandr Korniychuk, 2. Azizbek Mamazoyitov, 4. Bilol Sharofiddinov (10. Vladislav Nuriev, 31; 72. Xusan G‘aniev, 64), 5. Hojiakbar Yunusov, 8. Bosit Rahimov, 11. Ahmadjon Mamadaliev (9. Islom Abduqodirov, 54), 15. Javohir Olimjonov, 17. Azizbek Turg‘unboev (7. Akbarsho Rashidxanov, 77), 18. G‘olibbek Karimov (6. Akbarali Xoldorov, 40), 19. Shohjahon Abbosov, 20. G‘ayrat Jo‘raev.
“Olmaliq”: 12. Roman Abdulov, 2. Amirxon Ibrohimov, 4. Azizbek Suyunov, 6. Rahmatillo Berdimurodov (3. Abduqahhor Hojiakbarov, 46), 9. Timur Ergashev, 10. Farhod Imamov (5. Bahodir G‘aniev, 81), 11. Shahboz Umarov (14. Farruh Sodiqov, 69), 13. Otabek Valijonov (7. Doston Abdurahmonov, 46), 17. Mirjalol Miryusupov, 18. Jasurbek Umarov, 23. Timur Usmanov (8. Shahboz Tojiboev, 46).
Gol: T.Ergashev (24).
Ogohlantirishlar: H. Yunusov (84), I. Abduqodirov (86) - O.Valijonov (39), F.Imamov (44), A.Hojiakbarov (60), Sh.Tojiboev (90+3).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar