Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

Yoshlar ligasi. “Nasaf” “Buxoro”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 63
Yoshlar ligasi. “Nasaf” “Buxoro”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bugun “Nasaf” yoshlari 21-tur doirasidagi uchrashuvni “Buxoro” jamoasi yoshlariga qarshi o‘tkazishdi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.

Bugungi uchrashuvda ko‘pdan buyon maydonda ko‘rinmay qolgan Odiljon Hamrobekov ham dastlabki daqiqalardan maydonda harakat qildi. Hamrobekov bugun yoshlarimizga yaqindan yordam berdi.

Uchrashuv kutilganidek maydon egalarining tashabbusi bilan boshlandi. Ular ilk daqiqalardanoq maydondagi ustunlikni o‘z qo‘llariga olishdi.

Yoshlarimizning to‘liq ustunligida o‘tgan birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarigacha darvozalar dahlsizligi saqlanib turdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan qo‘shimcha daqiqalar boshlangan 45+1-daqiqada hisobni ochish yoshlarimizga nasib etdi. Uchrashuvdagi dastlabki golni bugungi uchrashuvda astoydil ter to‘kkan Islom Kenjaboevga nasib etdi – 1:0.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakuniga etdi.

Ikkinchi bo‘limni ham yoshlarimiz ko‘tarinki ruhda boshlashdi. Ular ketma-ket hujumlar uyushtirishib, mehmonlarni juda sarosimaga solib qo‘yishdi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bugun Islom Kenjaboev juda mazmunli o‘yin namoyish etdi. Uning maydonni chap qanotidagi tezkor harakatlari va chiroyli o‘yinlari stadionga yig‘ilgan muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Uchrashuvning 66-daqiqasidagi tashkil etilgan hujumda u himoyachilarni dog‘da qoldirib, raqib jarima maydoniga kirib bordi, uni to‘xtatishga ojiz bo‘lgan “Buxoro” jamoasi himoyachilaridan biri chalib yiqitdi. Hakam ikkilanmasdan 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. PenalShtini Dilshod Xushbakov bexato amalga oshirib, golga aylantirdi – 2:0.

Bu hisob yoshlarimizni kuchiga kuch qo‘shgandek bo‘ldi, shunday ham maydonda ustunlik qilayotgan yoshlarimiz raqib darvozasi tomon hujumlarni yanada ko‘paytirdi. Albatta bu samara bermasdan qolmadi. O‘yinning 84-daqiqasida Sardor Sa’dullaev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi – 3:0. Ushbu golda ham Islom Kenjaboevning yordami katta bo‘ldi.

Uchrashuv tugallanib borayotgan bir pallada, aniqrog‘i 89-daqiqa boshida maydonga tushgan Ilhom Alijonov bir daqiqa o‘tmasdanoq o‘z jamoasining 4-goliga mualliflik qildi – 4:0.

Shunday qilib, “Nasaf” jamoasi yoshlari yana bir yirik hisobdagi g‘alabasini nishonlashdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda ham yoshlarimiz safarda “Qo‘qon-1912” yoshlarini xuddi shu hisobda dog‘da qoldirishgan edi.

Bu g‘alaba bilan yoshlarimiz o‘z hisobidagi ochkolar sonini 31taga etkazib olishdi va bir pog‘ona yuqorida borayotgan “Buxoro” yoshlarini quvib o‘tishib, ettinchi pog‘onadan joy egallashdi.

Endi yoshlarimiz navbatdagi 22-tur uchrashuvini safarda “Andijon” yoshlariga qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yoshlar ligasi, 21-tur. 08.09.2016.

“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro) 4:0 (1:0)

Qarshi sh., Yoshlar qarorgohi stadioni. 17:00da

Bosh hakam: Baxtiyor YulShcharaev (Guliston)

Hakamlar: Suxrob Sattorov (Shaxrisabz), Zufar Eliboev (Qarshi), Firdavs Norsafarov (Qarshi).

Nazoratchi: G.Imamov (Toshkent).

Gollar: Islom Kenjaboev, 45+1’-1:0, Dilshod Xushbakov (pen.), 66’-2:0, Sardor Sa’dullaev, 84’-3:0, Ilhom Alijonov 89’-4:0.

“Nasaf”: 30.Umidjon Ergashev (13.Muzaffar Sharipov 65), 7.Akmaljon Olimov, 14.Sharof Muhitdinov (43.Shoxrux Ne’matov 88), 15.Azamat Allaniyozov (45.Sherzod Nasrullaev 80), 16.Dilshod Xushbakov, 22.Islom Kenjaboev (4.Ilhomjon Alijonov 89), 28.Sardor Sa’dullaev, 32.Abdulaziz Nishonboev, 33.Odiljon Hamrobekov (38.Jahongir Qurbonboev 62), 34.IlShdar Mamatkazin (5.Rahimbek Javliev 86), 41.Najmiddin Normurodov (s) (36.Akmal Mozgovoy 76).

“Buxoro”: 30.Asilbek Amanov, 2.Mirkamol Jumaev, 3.Tulqinjon Umarov, 4.Narimon Hasanov, 5.Saiddaston Fozilov (24.Elshod Dilmurodov 75), 6.Sardor Sulaymonov (15.Muhammad Timurov 66), 7.Islom Xoliqov (22.Bekzod Idiev 80), 10.Mirfayz Muhiddinov, 14.Nodirjon Davlatov (21.Shuhrat Salimov 46), 17.Jaloliddin Ubaydullaev, 77.Feruz Muinov (9.Xurshid Olimov 46).

Ogohlantirish: Najmiddin Normurodov 43, Akmal Mozgovoy 86.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar