Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Kosta-Rika: o‘z qit’asining chempioni to‘rtinchi ishtirokka tayyor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 78
Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Kosta-Rika: o‘z qit’asining chempioni to‘rtinchi ishtirokka tayyor

Kosta-Rika terma jamoasi Shimoliy Amerika termalari ichida tengsiz bo‘lib, Kolumbiya chiptasini yutib olgan.

O‘z guruhida Argentina, Qozog‘iston va Solomon orollariga qarshi kurashadigan rikaliklarning hozirgacha eng yaxshi natijasi Jahon Chempionatida 1 donadan o‘yinni yutish bo‘lgan. Xo‘sh, bu safar-chi?

Kolumbiyaga yo‘l

Kosta-Rika terma jamoasi Jahon Chempionatiga KONKAKAF chempioni sifatida tashrif buyuradi. Qanday kontinent bo‘lmasin, uning chempioniga bo‘lgan hurmat baribir o‘zgacha bo‘ladi.

Kosta-Rika saralash vazifasini o‘tab beruvchi qit’a chempionatida 5 ta o‘yin o‘tkazib, barchasida zafar quchdi. To‘rt yil avval bo‘lgani kabi hammadan ko‘p — 26 ta gol urdi va 6 dona to‘p o‘tkazib yubordi.

Guruh o‘yinlarining dastlabki ikkitasida Kosta-Rika 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va bitta gol o‘tkazdi. Shundan keyin asosiy raqiblar chiqib kela boshladi. Avvaliga Kuba 6:0 hisobida mag‘lub etildi. Yarim finalda Gvatemalaga imkoniyat qoldirilmadi — 7:1. Finalda O‘zbekistonning mundialdagi ilk raqibi Panama darvozasi javobsiz 4 bor ishg‘ol qilindi. Osiyo qit’asida siz Eronni qanday tasavvur qilsangiz, KONKAKAFda Kosta-Rikani shunday maqomda deyish mumkin. So‘nggi 4—5 yilda, albatta.

Jamoa haqida

1992 yildan boshlab, 2000 yilga qadar Kosta-Rikaning etakchi futzalchisi bo‘lgan Diego Solisning keyinroq murabbiyga aylanishini ko‘pchilik tahmin qilgandi. Bu tahminlar haqiqatga aylandi. Aynan u mamlakat futzal terma jamoasi hayotida eng muhim rolni o‘ynaydi.

Tailand mezbonlik qilgan 2012 yilgi Jahon Chempionatiga ham Kosta-Rikani Diego Solis etaklab bordi. U bir necha yillik mehnatlari evaziga Diego Zuniga, Erik Brenesa, Edvin Kubilo kabi pishiq futzalchilarni etishtirdi. Nomi so‘nggi o‘rinda zikr etilgan yigit saralash bosqichining eng yaxshi futzalchisi uchun atalgan sovrinni o‘ziniki qilib oldi.

Kosta-Rika Kolumbiyaga etakchi jamoalar qatorida tashrif buyurayotgani yo‘q. Shunga qaramay, bu terma jamoa har qanday raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga tayyor. Solomon orollari kabi jamoasi bor guruhda Kosta-Rikaning qolib ketishi qiyinroq masala. Ko‘p narsa Qozog‘iston termasiga qarshi o‘yinda hal bo‘ladi.

Mundiallar tarixi

Kolumbiya mundiali Kosta-Rika uchun tarixdagi to‘rtinchi, ketma-ketlikda ikkinchisidir. Ilk bor mamlakat bosh jamoasi 1992 yil Gongkong mezbonlik qilgan musobaqada ishtirok etib, guruh bosqichidagi har uch bellashuvda ham imkoniyatni boy bergan.

Katta maydonga Kosta-Rika oradan 8 yil o‘tib qaytdi. Gvatemalada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionati jamoaning ilk g‘alabasi bilan yodda qoldi. O‘shanda turnirning 11-pog‘onasi Kosta-Rikaga nasib qilgandi va o‘sha natija hozirgacha eng yaxshisi bo‘lib turibdi.

2012 yil mundialga qaytgan Kosta-Rika bu safar ham 1 dona g‘alaba bilan cheklandi. Biroq bu g‘alaba jamoaning guruhdan chiqishi uchun etarli bo‘lmadi. Intixoda «Los Ticos» musobaqani 17-o‘rinda yakunladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar