Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

O‘ynaydigan - raketka, yutadigan aql

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 78
O‘ynaydigan - raketka, yutadigan aql

Esimda: o‘quvchilik davrimda maktabimiz yonidagi tashlandiq,qarovsiz joy sport maydonchasiga aylantirilganda, bu erga dastlab qumli tennis korti qurilgandi.

Atrofida chiroyli o‘rindiqlar o‘rnatilgan, xuddi televizorda ko‘rganimdek.O‘shanda chekka qishloqda yashaydigan biz bolalar uchun bu katta bayramga aylanib ketdi.Darsdan bo‘sh vaqtda bolalar miriqib, zo‘r ishtiyoq bilan tennis o‘ynardik. Hozir har gal uyga borib,kichik ukalarimda xuddi shu holatni ko‘rganimda, o‘smirligimdagi manzara ko‘z oldimda gavdalanaveradi...

Katta tennis — eng nufuzli sport turlaridan. Ikki sportchining san’at darajasidagi zarbalari muxlislarni hayajonlantirib yuboradi. Bu sportda musobaqalar yil bo‘yi davom etishi esa kishiga qo‘shimcha zavq bag‘ishlaydi.

Yurtimizda ushbu sport turiga bo‘lgan e’tibor juda katta. Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan bu sport turini rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, yuqori malakali tennischilarni tay­yorlash, ularning mahoratini oshirish va tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz terma jamoasini shakllantirish hamda yuqori saviyadagi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish maqsadida davlatimiz rahbarining 2008 yil 29 apreldagi qarori bilan poytaxtimizda Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi tashkil etildi.

Yaqinda maktab faoliyati bilan tanishdik.

Bu maskan maktabdan tashqari ta’lim muassasasi bo‘lib, o‘quvchilar turar-joy, kuniga to‘rt mahal ovqat, sport anjomlari va inventarlari bilan ta’minlangan. Maktabda 20 tennis korti bor, 13 tasi «xard» (qattiq) qoplamali, 4 tasi qumli ochiq, yana 3 tasi «xard»li yopiq kortlardir. Bundan tashqari, ikkita mashg‘ulot zali o‘g‘il-qizlar ixtiyorida. E’tiborlisi, yosh sportchilar xorijdan keltirilgan, «havo bilan shishiriladigan yopiq kort moslamasi»da ham mashg‘ulot olib boradi. Bu ularga qish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

— Bugun tennis maktabimizda 55 nafar o‘quvchi tahsil oladi, — deydi maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Aleksandr Protopopov. — Oliy va xalqaro toifali 12 mutaxassis o‘quv mashg‘ulotlar jarayoni ko‘ngildagidek o‘tishini ta’minlamoqda.

Aytish kerakki, maktabning qobiliyatli bitiruvchilari bugun milliy terma jamoamizning asosiy tarkibini to‘ldirib kelmoqda. Sabina Sharipova, Temur Ismoilov, Abduvoris Saidmuhammadov, Sanjar Fayziev, Iskandar Dovutov, Rasul Ahmadaliev, Sanetulla Qutiboev, Yorqin Zoirov, Go‘zal Yusupova shular jumlasidan. Bu sportchilar bugun nafaqat yurtimiz, balki xalqaro arenalarda ham mamlakatimiz sha’nini munosib himoya qilib, qator sovrinlarni qo‘lga kiritib kelyapti.

Maktab faoliyatini ko‘zdan kechirar ekanmiz, uning birgina tennis bilan cheklanib qolmaganiga guvoh bo‘ldik. Bu erda mini futbol, suzish, badiiy gimnastika, basketbol, akrobatika, voleybol singari sport to‘garaklari ham muntazam faoliyat ko‘rsatadi. Bugun ularda jami 400 ga yaqin bola ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Tennis bo‘yicha boshlang‘ich tayyorlov guruhida yuzga yaqin o‘g‘il-qiz ushbu sport sirlarini o‘rganmoqda.

— Ayrim ota-onalar tennis qimmatga tushadi deb, farzandini bu sportga bergisi kelmaydi, — deydi Aleksandr Protopopov. — Chunki juda yaxshi raketkaning narxi baland. Ammo bu noto‘g‘ri fikr. Masalan, yaqinda o‘zimizning tarbiyalanuvchimiz Valentina Shleyn o‘rtacha narxdagi raketkasi bilan 2002 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda eng yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Katta tennisda hamma narsa pul bilan bog‘liq emas. Eng avvalo, iste’dod, mehnat kerak.

Tajribali sportchilarning ta’kidlashicha, katta tennis raketkada o‘ynaladi, ammo unda aql bilan g‘alaba qozoniladi. U ikki kishi o‘rtasidagi kuch emas, aniqlik bahsi. O‘yinda to‘pni tez va kuchli uzatolmagan taqdirda ham uni aniq qabul qilib, kerakli tomonga yo‘naltirishning uddasidan chiqqan sportchi yaxshi natijalarga erishadi. Yana eng muhimi, tennis — insonning barcha mushagi mashq oladigan sport. Bu esa salomatlik manbai, uzoq umr ko‘rish siridir.

— O‘zimni har tomonlama ko‘rsata olganim uchun endi turli musobaqalarda ham ishtirok eta olaman, — deydi maktabning andijonlik tarbiyalanuvchisi 13 yoshli Shohjahon Ahmadaliev. — Menga qumli kortda o‘ynash juda yoqadi. Unda ancha durust o‘ynayman. Ammo professional tennischi bo‘lish uchun har qanday kortda birday yaxshi o‘ynay olish kerak. Kelajakda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin kabi shohsupalarga ko‘tarilishni maqsad qilganman. Olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda zafar quchib, dunyo tennischilari reytingida yuqori o‘rinlarni band etish — eng katta orzum.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar