Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

Sportimiz raqamlarda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 90
Sportimiz raqamlarda

Sport — barkamol avlodni tarbiyalashning eng muhim va kuchli omili. U orqali insonda salomatlik, barkamollik, qat’iyat, mardlik, milliy g‘urur kabi fazilatlar shakllanadi.

Shu ma’noda farzandlarimizni bunday sifatlar asosida kamol toptirish, ularning o‘z aql-zakovati va salohiyatini to‘la namoyon etishi, bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchiga aylanishi yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun «O‘zbekiston» deganda dunyo ahlining ko‘z oldida nafaqat iqtisodiyoti yildan-yilga o‘sib, aholisining turmush darajasi oshib borayotgan, balki sport sohasida ham ulkan marralarni zabt etayotgan mamlakat gavdalanadi. Tinchlik elchisi hisoblanmish sportda shu paytga qadar qayd etgan ayrim ko‘rsatkichlarimizni sanab o‘tishni joiz topdik.

2005 yilda yurtimizda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning 30 foizi, jumladan, qishloq joylarda 29 foizi sport bilan shug‘ullangan. 2015 yilda esa bu raqamlar tegishli ravishda 57,2 va 56 foizni tashkil etdi.

* * *

2015 yilda O‘zbekiston sportchilari jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro turnirlarda 860 dan ortiq medalni qo‘lga kiritishga erishdi. Shuning 311 tasi oltin, 274 tasi kumush va 276 tasi bronza medallaridir.

* * *

2015 yilda sport bo‘yicha murabbiy va o‘qituvchilar 2005 yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘paygan, jumladan, ayol sport ustozlari soni 3,8 barobar oshgan.

* * *

Ayni shu yoshdagi bolalar 2005 yilda 43 turdagi mashg‘ulotlarga qatnagan bo‘lsa, bugun ular 59 sport turi bilan shug‘ullanmoqda.

* * *

2000 yilda har 100 ming bolaning 6 mingga yaqini o‘tkir respiratorli virusli infektsiyalarga, 576 tasi pnevmoniya, 449 tasi bronxit, 310 tasi skolioz kasalligiga chalingan edi. Hozirga kelib sport bilan shug‘ullanadigan 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarimiz o‘rtasida o‘tkir respiratorli virusli infektsiyalar bilan kasallanish 47,3 foizga, pnevmoniya bo‘yicha 55,6, bronxit bo‘yicha 61,7, skolioz bo‘yicha 45,5 foizga kamaygan.

* * *

O‘zbekistonda bo‘y ko‘rsatkichlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga mos keladigan 14 yoshli o‘g‘il bolalarning ulushi bugungi kunda Toshkent shahri bo‘yicha 97,9 foizni, Namangan viloyati bo‘yicha 97,6, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 97,1, Buxoro viloyati bo‘yicha 96,8 foizni, mamlakatimiz bo‘yicha 94,2 foizni tashkil etmoqda. Ya’ni, 14 yoshdagi o‘g‘il-qizlarimizning bo‘yi keyingi o‘n yilda o‘rtacha 2,8 santimetrga o‘sgan.

* * *

Qiz bolalarni sportga jalb etish 2005 yilda 24 foizni, jumladan, qishloq joylarda 22 foizni tashkil etgan, xolos. Ayni paytda qiz bolalarning 47 foizi, qishloq joylarda esa 44,7 foizi sport bilan muntazam shug‘ullanib keladi.

* * *

2015 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bolalar sporti inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilish bo‘yicha manzilli dasturni amalga oshirish doirasida umumiy qiymati 225 milliard so‘mdan ortiq 35 ta namunaviy sport ob’ekti, 12 ta suzish havzasi, 174 ta maktab sport zallari foydalanishga topshirildi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar