Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

«Fil» surib, «ot» o‘ynatib...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 53
«Fil» surib, «ot» o‘ynatib...

Bugun shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan har qanday xalqaro musobaqada xorijliklar o‘zbekistonlik yosh shaxmat ustalarini asosiy raqib deb biladi. Bunga etarlicha asos bor.

Mamlakatimizda shaxmat rivojiga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va etishib chiqayotgan iqtidorli shaxmatchilarning kuchli avlodi hozirda xalqaro miqyosda o‘z so‘zini aytmoqda.

Keling, o‘zbekistonlik yoshlar dunyoda hech kimdan kam emasligini isbotlagan shaxmatchilarimizni sanaymiz: 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov, o‘zbek qizlari orasida birinchi xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova, maktab o‘quvchilari o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionlari — aka-uka Islombek va Javohir Sindorovlar, yana bir yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov. Iqtidorli shaxmatchilar Abdulbosit Sharifjonov, Oqjol Rahmatullaev, Nodirbek Yoqubboev, Maftuna Bobomurodova esa Osiyo chempioni sharafiga muyassar bo‘lgan. Bu ro‘yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin...

Ana shunday yosh iqtidorlar safini yanada kengaytirish, yurtimizda shaxmatni izchil ommalashtirish, o‘zbek shaxmatining yorqin kelajagini ta’minlovchi iste’dodli sportchilarni tarbiyalash maqsadida bundan ikki yil oldin poytaxtimizning «Bo‘zsuv» kanali bo‘yida shaxmat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabi barpo etilgandi. Yaqinda bu erga mamlakatimizdagi iqtidorli shaxmatchilar saralab olinib, o‘quv mashg‘ulot darslari boshlandi.

Maktab ostonasidayoq shaxmat olamiga sho‘ng‘iganday bo‘lasiz. Bino o‘ziga xos dizaynga ega: shaxmat doskasini eslatadi. Mazkur inshoot bir qancha bo‘limlarni o‘z ichiga olgan. O‘quv-mashg‘ulot xonalaridagi elektron shaxmat taxtalari xalqaro andozalarga mos. O‘quvchilar uchun maxsus dam olish xonasi mavjud. Bu erda shaxmatchilarning o‘yin amaliyotidagi tajriba-mahoratini oshirish uchun shaxmat zallari barpo etilgan — bir vaqtning o‘zida yuz shaxmatchi o‘zaro bahslashishi mumkin.

— Ayni paytda bu erda 75 o‘g‘il-qiz shaxmat sirlarini o‘rganmoqda, — deydi shaxmat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Komiljon Sindorov. — Shularning 33 nafari imtihonsiz qabul qilingan. Sababi ular millatimiz faxri — chempionlar. 6-16 yoshli o‘quvchi-yoshlarga maktab darslaridan bo‘sh vaqtida 13 tajribali, professional murabbiy saboq beradi. Har bir guruh ixcham, besh-olti, ko‘pi bilan o‘n boladan iborat.

Mashg‘ulot xonalarining birini ko‘zdan kechirayotib, shaxmat doskasining donalari e’tiborimni tortdi. Qo‘limga «Ot»ni olib, diqqat bilan razm solaman. Ko‘rinishi, sifati baribir boshqacha. Shunda yonimdagi hamrohim, maktabning uslubchisi Alisher Razzoqov gap qo‘shdi: «Bu donalar oddiy yog‘ochdan emas, yong‘oq daraxtidan ishlangan». Aytishicha, yong‘oq daraxtidan ishlangan donalar o‘ta mustahkam bo‘ladi. Darz ketmaydi, chirishi qiyin. Aslligi uzoq vaqt saqlanadi.

Internetga ulangan kompShyuterlar bilan jihozlangan xonadamiz. Bu erda o‘quvchilar chet ellik yosh shaxmatchilar bilan on-layn shaxmat o‘ynash, o‘z tajribasini yanada oshirish imkoniga ega. Havaskorlar, shaxmat ixlosmandlari ham bu qiziqarli, hayajonli daqiqalardan bebahra qolmaydi: o‘yinni uzchess.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishi mumkin. Ingliz tili xonasida esa bolalar lingafon yordamida qo‘shimcha dars oladi.

— Dargohda o‘quvchilar uchun zarur barcha birinchi yordam vositalari muhayyo etilgan, — deydi bolalar pediatri Fotima Muhammadjonova. —Bolalarning salomatligi jiddiy nazoratda. Xususan, shaxmatchining bo‘yi, vazni, ko‘rish qobiliyati, yurak urishi singari tibbiy tekshiruvlar har kuni o‘tkaziladi.

Shaxmat kishidan yuksak aql-zakovat, sabr-matonat va iroda talab qiladigan g‘oyat murakkab sport turi. Bunda sportchi mashg‘ulotdan keyin tabiiyki, charchaydi. Shu bois yaxshi hordiq chiqarishi zarur. Buning uchun esa maktabda barcha sharoit yaratilgan. Yosh shaxmatchilar turli ko‘ngilochar vositalar bilan jihozlangan xonalarda dam olishi mumkin. Turfa baliqlardan iborat akvariumlar kishiga orom beradi, sokinlik bag‘ishlaydi.

Zamonaviy sport zalida o‘quvchi-yoshlar futbol, voleybol, basketbol o‘ynaydi. Zalning o‘rtasida stol tennisi turibdi. Nega aynan stol tennisi ekani bilan qiziqaman. Bilsam, shaxmatning blits turida vaqt chegaralangan. Shaxmat donalarini tez yurish kerak. Stol tennisi ham blits shaxmatga o‘xshash. Unda ham raqib uzatgan koptokni darhol zarba berib, qaytarish zarur. Shu ma’noda stol tennisi nafaqat ko‘z ravshanligini oshiradi, balki tezkor qaror qabul qilishga ham ko‘maklashadi.

Shaxmat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabidan qaytarkanmiz, har tomonlama mukammal bu majmua yirik xalqaro musobaqalar o‘tkazishga tayyor ekaniga amin bo‘ldik. Bunday zamonaviy imkoniyatlar, mashg‘ulotlarning yuqori saviyada, eng ilg‘or usullar asosida olib borilishi yosh shaxmatchilarning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishi, shubhasiz.

Shahobiddin RASULOV,

«Oila davrasida» muxbiri

Manba: Stadion.uz


Teglar: Fil surib ynatib

Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar