Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

JCh-2018 saralash. O‘zbekiston-Eron uchrashuvi tayinlangan hakam forslarga yoqmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 390
JCh-2018 saralash. O‘zbekiston-Eron uchrashuvi tayinlangan hakam forslarga yoqmadi

JCh-2018 saralashining 3-bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi 3-tur o‘yiniga hakamlar tayinlandi. 6 oktyabrSh kuni Toshkentda bo‘ladigan o‘yin avstraliyalik Benjamin UilShyams boshchiligidagi hakamlarga ishonib topshirildi.
Ushbu xabarni Eron terma jamoasiga bag‘ishlangan veb-sayt qayg‘u bilan qabul qildi.
"Yomon xabar. JCh-2018 saralashining 3-bosqichi doirasida bo‘ladigan O‘zbekiston-Eron uchrashuviga Benjamin UilShyams tayinlandi. Uchrashuv 6 oktyabrSh kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Osiyo kubogi-2015 chorak finalida bo‘lib o‘tgan Iroq qarshi bahsda birinchi bo‘lim tugashi arafasida UilShyams bizning futbolchimiz — Mehrdod Po‘lodiyga ikkinchi sariq kartochka berib, uni maydondan chetlatgan. O‘shanda Po‘lodiy Iroq posboni bilan engil to‘qnashgan. Posbon yolg‘ondan o‘zini jarohat olgandek va kuchli og‘riq his qilayotgandek ko‘rsatgan. Avvalroq Benjamin Po‘lodiyga simulyatsiya uchun sariq kartochka ko‘rsatgandi. Bu holat uning esidan chiqib, yugurib ketayotganida birdaniga ortga qaytgandi va Mehrdodga qizil kartochka ko‘rsatgandi.

UilShyams Osiyo kubogi-2015dagi shubhali qarorlari tufayli mutaxassislarning tanqidiga uchragandi. Hattoki bir necha nafar avstraliyalik futbolchilar ham uni tanqid ostiga olishgandi. Eronliklar ham uni kechirishmadi. Uning Feysbukdagi sahifasiga yog‘dirilgan fikrlardan keyin u o‘z sahifasini o‘chirib tashlagandi.
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrush Xitoyga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan qaytib kelganidan keyin O‘zbekiston bilan o‘yinga UilShyamsning tayinlanganini bilganidan keyin OFKni tanqid ostiga oldi.
"Ushbu hakam Eron klublarining Osiyo chempionlar ligasi doirasida uy uchrashuvlarini boshqarishdan bosh tortgandi. Bu tushunarli. Osiyo kubogidagi qarorlari tufayli eronliklar uni yomon ko‘rib qolishgan. Shunga qaramay, u Eron terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinga tayinlandi, lekin safardagi o‘yinga. Agar u halol hakam bo‘lganida, har qanday o‘yinni boshqarishdan bosh tortmagan bo‘lardi. Ammo u Eronda bo‘ladigan o‘yinlarni boshqarishdan bosh tortib, boshqa mamlakatga borishga rozi bo‘lmoqda. U O‘zbekiston - Eron o‘yinini ham boshqarishdan bosh tortishi kerak edi, xuddi OChLda bo‘lgani kabi", - dedi Keyrush.

Osiyo kubogi musobaqasidan keyin Benjamin UilShyams OFKda o‘z obro‘sini yo‘qotdi. U JCh-2018 saralashi doirasida faqat bitta o‘yinni (Tailand-VShetnam) boshqardi.
Natijada Eronning katta qismida, jumladan qo‘shimcha bo‘limlarda ham bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘lgandi", - deya material e’lon qildi veb-sayt.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Eron uchrashuvi 6 oktyabrSh kuni "Bunyodkor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar