Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

«Kamolot-TUR» IX velomarafonining Qashqadaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31
«Kamolot-TUR» IX velomarafonining Qashqadaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi

"Kamolot" YoIHning "Kamolot-TUR” velomarafoni yoshlar orasida keng ommalashgan va ular tomonidan intiqlik bilan kutib olinadigan mega-loyiha hisoblanadi. Harakat tomonidan 2008 yildan buyon velosport turi bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan "Kamolot-TUR” velomarafoni yoshlarning sportga, xususan, velosportga qiziqishlarini oshirish, ularni jismonan sog‘lom, ruhan tetik qilib tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ahamiyatlisi, mazkur velomarafonda mamlakatimizning har bir yigit-qizi ixtiyoriy tarzda ishtirok etishi mumkin.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportning ommaviy turlariga yoshlarni keng jalb etish orqali ularni jismonan barkamol qilib tarbiyalash maqsadida Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan “Kamolot-Tur” IX yoshlar velomarafonining tuman, shahar bosqichlarida 1350 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, viloyat bosqichiga 290 nafar yoshlar yo‘llanma olishgan edi.

Velomarofonchilar 20 kilometrli masofani bosib o‘tib, Qarshi shahridagi Mustaqillik maydoniga kirib kelishdi. Velomarafonda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar 3 yosh toifasi (9-14, 15-17, 18-30) bo‘yicha diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar hamda velomarafonning Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar