Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.09.2016

Buxoro og‘ir atletika maktabining Afinadagi dovrug‘i

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 39
Buxoro og‘ir atletika maktabining Afinadagi dovrug‘i

Gretsiya poytaxti Afina shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnirda mamlakatimiz sharafini Buxoro viloyati sportchilari munosib himoya qildi.
Unda o‘z vazn toifasida Sardor Muinov, Najafali Toirov, Muhammadali Sharipov, G‘aybulla Rahmatov birinchi o‘rinni egallab, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
77 kilogramm vazn toifasidagi polvonlar bahsida dast ko‘tarishda 120, siltab ko‘tarishda 130 kilogramm, jami 250 kilogramm natija qayd etgan G‘.Rahmatov sport ustaligiga nomzodlik talabini ham bajardi.
Shuningdek, Valijon Sharipov, Shavkat Bekmurodov, Abbos Ibodullaev, Shohmurod Zavqiddinov kumush va Umar Nabiev bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Turnirda O‘zbekiston shtangachilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
– Buxoro og‘ir atletika maktabi mamlakatimizda o‘z o‘rniga ega, –deydi viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Shahob Mahmudov. – Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Sardor Do‘stmurodov Buxoro og‘ir atletika maktabi tarbiyalanuvchisidir. Afinadagi muvaffaqiyat viloyatimizda yaqin yillarda kattalar o‘rtasida O‘zbekistonimiz sharafini xalqaro miqyosdan yanada yuksaltiradigan o‘rinbosarlar etishib chiqayotganini tasdiqlaydi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar