Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.09.2016

Olimpiada g‘oliblari: "Medalimizni Prezidentimizning ko‘ksiga taqmoqchi edik"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 269
Olimpiada g‘oliblari: "Medalimizni Prezidentimizning ko‘ksiga taqmoqchi edik"

Yurtdoshlarimiz mustaqilligimiz asoschisi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, bu buyuk inson ishlab chiqqan uzoq yillarga mo‘ljallangan dasturlarni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shish, bu g‘oyalarga sodiq bo‘lish haqida qalb so‘zlarini bildirmoqda.
Shahobiddin Zoirov, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi:
– Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashganda har birini bag‘riga bosib, ularning buyuk kelajak barpo etishiga ishonishini ta’kidlardi. Ha, Prezidentimiz biz, yoshlarga xuddi, ota farzandiga, bobo nevarasiga ishongandek ishonardi.
Biz, yoshlar ham Yurtboshimizga suyanardik, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida har bir aytgan so‘zi, har bir ishi bizni ruhlantirar edi. Ana shunday mehr va e’tibor tufayli o‘zbek yoshlari dunyo maydoniga chiqdi, ko‘ksini kerib, dunyoning manaman degan davlati sportchilari bilan tengma-teng bellashishga qodir ekanini isbotladi.
XXXI yozgi Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdim. Bu medalimni ona Vatanimizga, xalqimizga, Prezidentimizga bag‘ishladim. Bu g‘alabam yuksak baholanib, Yurtboshimizning 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandim.
Prezidentimiz Islom Karimovning mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz va bunga javoban keyingi Olimpiadalar va nufuzli xalqaro musobaqalarda ham Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarilib, madhiyamiz baralla yangrashi uchun kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz.
Fazliddin G‘oyibnazarov, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi:
– Prezidentimiz har bir chiqishida, nutqida yoshlarni o‘z farzandidek ko‘rishini aytib, Vatanni sevish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga da’vati qalbimizda yurtga sadoqat, mardlik, shijoat tuyg‘ularini jo‘sh urdirar edi.
Ana shu tuyg‘u meni XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, bayrog‘imizni baland ko‘tarishga, madhiyamizni ko‘z yosh bilan tinglashga undagan.
Prezidentimiz kamtarona yutug‘imni yuksak baholab, 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirladi. Afsus, bu mukofotni o‘z qo‘llaridan olish nasib etmadi...
Biz Prezidentimiz Islom Karimovning nomini, xotirasini qalbimizda mangu saqlaymiz.
Shahram G‘iyosov, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori:
– Har safar biror xorijiy davlatga musobaqaga borganimizda, u erda uzoq qololmaymiz. Musobaqa tugashi bilan jonajon O‘zbekistonimizga shoshamiz. Chunki jannatmonand Vatanimizda mustaqillik yillarida misli ko‘rilmagan ishlar qilindiki, natijada o‘tgan yigirma besh yil ichida yurtimiz dunyodagi eng tinch-osoyishta davlatga aylandi, xalqimiz baxtli va farovon hayot kechirmoqda, orzu-umidlarining ro‘yobini ko‘rmoqda. Buning uchun mustaqilligimiz asoschisi Prezidentimiz Islom Karimovdan minnatdormiz. U kishining xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi.
Prezidentimiz bilan ko‘rishishni bolaligimdan orzu qilardim. Televizorda u kishining sportchilarni bag‘riga bosib qo‘yishini ko‘rganimda havasim kelardi. Shu bois sport bilan jiddiy shug‘ullandim. Men ham chempion bo‘lib, Yurtboshimiz bilan ko‘rishaman, deb niyat qilganman.
XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida yarim finalga chiqqanimda ham medalni naqd qilganim uchun emas, ana shu orzuimning ushalishini o‘ylab, xursand bo‘lgandim. Olimpiadada medalSh olsam, Prezidentimizning ko‘ksiga taqib qo‘yaman, deb o‘ylagandim.
Olimpiadada bizning yuksak g‘alabamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng kuchli jamoa, deb e’tirof etilishi ham Yurtboshimizning sportchilarga qaratgan e’tibor va g‘amxo‘rligi, yaratgan keng sharoit va imkoniyatlari tufaylidir.
Yurtboshimiz Braziliyada qo‘lga kiritgan yutug‘imni yuksak baholab, 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan meni «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoniga munosib ko‘rdi.
Biz, yoshlar Prezidentimizning nomini abadiy qalbimizda saqlaymiz, har doim bu buyuk insonning ishonchiga munosib bo‘lishga harakat qilamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar