Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.09.2016

Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Solomon orollari: Okeaniya mintaqasining tojdor jamoasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 35
Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Solomon orollari: Okeaniya mintaqasining tojdor jamoasi

Avstraliya termasi Osiyo tasarrufiga o‘tib ketganidan keyin, Solomon orollari mintaqadagi hokimlikni o‘z qo‘liga oldi. Jamoaning ketma-ket g‘alabalariga «stop» belgisini qo‘ya oladigan mamlakat hozircha topilayotgani yo‘q.

Biroq katta maydon umuman boshqa masala. Kuchsizlar ichida zo‘r bo‘ladigan jamoalar kuchlilar ichida dovdirab qolmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Kolumbiyaga yo‘l

Solomon orollari terma jamoasi Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida katta qiyinchilikka duch kelgani yo‘q. O‘tkazilgan 5 ta o‘yindagi 5 ta g‘alaba, dunyoning bir chekkasida joylashgan orol mamlakatni Kolumbiya sari etaklaydigan bo‘ldi.

Okeaniya chempionatining so‘nggi 5 tasida zafar quchgan Solomon orollarini mintaqa tojdori deb bemalol atashingiz mumkin. Amaldagi finalchi Taitini 3:0 hisobida mag‘lub etgan Solomon, keyinroq futzali jadallik bilan rivojlanib kelayotgan Yangi Zelandiya ustidan 4:1 hisobida ustun keldi.

Musobaqaga Fiji mezbonlik qilgandi, u ham taslim qilindi. Keyingi ikki raqibni siz balki ilk bor eshitayotgandirsiz — Yangi Kaledoniya va Vanuatu. Xullas, jiddiyroq raqibning o‘zi yo‘q edi o‘zbekchasiga Sulaymon orollari bo‘lib eshitiluvchi mamlakat uchun.

Jamoa haqida

Salomon orollarida dumaloq to‘p bilan o‘ynaladigan sport turlari tezlik bilan rivojlanib kelmoqda. Ular birinchi navbatda futzal hamda sohil futboliga e’tibor qaratishdi. Bu sport turlarini rivojlantirish birinchidan katta pul talab qilmaydi, ikkinchidan uni mamlakatning istalgan erida o‘ynash mumkin.

Braziliyalik mutaxassis Juliano hujumkor futbolni yoqtiradi va o‘zining bu xislatini Solomon futzalchilariga yuqtira olgan. Taktika va strategiya yaratishi bilan mashhur bo‘lgan mutaxassisning ish boshlagani Solomon termasi tarixida o‘zgacha burilish yasadi.

Sakkiz yil avval bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida terma jamoa yirikkina mag‘lubiyatlarni qabul qilib olgandi. Bu holat himoyadagi qator muammolarni yaqqol ochib tashladi. Okeaniya chempionatida o‘tkazilgan 5 ta o‘yinda bor yo‘g‘i 3 ta gol qo‘yib yuborgani esa hech narsani bildirmasa kerak. Har xolda mundialda ishtirok etadigan mamlakatlar bilan siz yuqorida nomlari keltirilgan davlatchalarni solishtirmasangiz kerak?

Mundiallar tarixi

Braziliya—2008 va Tailand—2012 mundiallari Solomon terma jamoasining ishtiroki bilan yodda qoldi. Ammo musobaqalardagi mag‘lubiyat va o‘tkazilgan gollarga chidab berish oson emasdi. Muhimi ular dunyoning eng kuchli terma jamoalariga qarshi kurash olib borishdi.

Endi esa tajriba to‘rt yil avvaldagiga qaraganda oshgan, anchagina. Bu narsa Bankondayoq ko‘ringandi. To‘rt yil avval har uch o‘yinda mag‘lub bo‘lgan Solomon, Tailand mundialini ham ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi. Evaziga uchinchi turda Gvatemalani 4:3 hisobida dog‘da qoldirdi. Shuning o‘ziyoq jamoa uchun chempionlikka teng holat edi.

Jamoa sardori Elliot Ragomo, unga yordam beruvchi Samuel Osifelo, Michey Leaalafa va darvozabon Antoni Talo to‘rt yil avvalgi Jahon Chempionatida ishtirok etgan futzalchilar hisoblanadi. Bu esa Kolumbiyadagi chempionat oldidan Solomonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini bir qadar oshirib beradi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar