Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.09.2016

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga: Yig‘latdingiz!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 43
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga: Yig‘latdingiz!

O‘zbekiston futbolchilari Qatarda maydonga tushdilar. Prezidentimiz vafotlaridan keyin birinchi o‘yin edi bu.

“Nima bo‘lar ekan? Bu yoqda xalq endigina motamdan chiqqan bo‘lsa? Yutqazib qo‘yishsa, xafachilik ustiga xafachilik bo‘lmasmikan? Yigitlarning ruhiyati qanaqa ekan?” degan savollar bor edi ko‘nglimda. Futbolchilarimizning ham, murabbiylarning ham ko‘nglida bor ekan, shekilli, ilk e’tiborimni tortgan narsa ularning, hatto murabbiyning ham bilaklaridagi qora, motam tasmasi bo‘ldi. Bir yig‘ladim.

“Futbolchilarimizning faqat oyog‘i emas, kallasi ham bor ekan-ku”, dedim. Murabbiyinggayam, dedim, otanggayam, dedim, rahmat, dedim! Qatar stadionida avval bizning Yurt qo‘shig‘i, Prezidentimiz sevgan, faxrlangan, jahon maydonlarida yangrashini orzu qilgan Vatanimiz madhiyasi yangradi. Ikki yig‘ladim!

Azizlar, endi madhiyamizni yig‘lamasdan tinglay olmas ekanman! Ana shuni his qildim! Turli millat vakillari bo‘lgan terma jamoamiz futbolchilari, armani bo‘lgan murabbiy ham madhiya so‘zlarini aytayotganini ko‘rib, ko‘z yoshlarimni tiya olmadim...

Ikki mamlakat futbolchilari maydon markazida saf tortib, butun boshli stadiondagi tomoshabinlar ham o‘rnidan turib, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi. Uch yig‘ladim.

Stadioninggayam, dedim, stadioningni direktorigayam, dedim, rahmat, dedim! Hammasi o‘yin oxirida bo‘ldi. O‘zbekiston gol urdi! O‘zbek futbolchilari tarixda bo‘lmagan ishni qildi, mehmonda, raqib maydonida g‘alaba qildi! To‘rt yig‘ladim!

O‘v, birodarlar! Futbolchilarimiz qiyqirmadilar, o‘zlarini yashil maydonga otmadilar, bir-birining ustiga irg‘ishlamadilar. Ular bir joyga jam bo‘lib, qo‘llarini ko‘kka ko‘targancha “G‘alabamizni Prezidentimizning ruhi poklariga bag‘ishlaymiz!” dedilar. Futbolchilarimizning faqat oyog‘i emas, kallasi emas, qalblari ham bor ekan! O‘v, qibladoshlar! Ana shunda besh yig‘ladim!
Prezidentimizning ruhlari shod bo‘ldi, dedim! Joynamozni to‘shadim, ikki rakaat namoz o‘qib, Prezidentimizning haqlariga duo qildim, futbolchilarimizning haqlariga duo qildim. Iloyo, sizlarni omad tark qilmasin, dedim! Iloyo, Prezidentimiz orzu qilganidek, O‘zbekiston buyuk davlat bo‘lib, futbolchilari ham elga obro‘ olib kelsin, Jahon birinchiliklarida bugungidek sevintirsin, mayli, yig‘latishsin, dedim! Mayli, yig‘latishsin!

Kim biladi, men Prezidentini, ona yurtini, o‘ziga o‘xshagan sodda xalqini qattiq sevgan vatanparastdirman?! Kim biladi, balki, asablari bo‘shab qolgan, har nimaga yig‘layveradigan yig‘loqi bir choldirman? Yanayam kim biladi...

Ertalab turib, Shohi Zindaga, Prezidentimizning boshlariga bordim. Qur’on tilovat qildim va tepada siz o‘qigan gaplarning hammasini Prezidentimizga aytib berdim. “Siz orzu qilgan hamma ish bo‘layapti”, dedim! “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat”, der edingiz, insha Alloh, buyuk bo‘layapti”, dedim. “Siz tinch yoting, ko‘nglingiz bizlardan to‘q bo‘lsin, endi, Xudo xohlasa, katta yo‘ldamiz, adashmaymiz”, dedim!

Aytdim, o‘v, og‘aynilar, aytdim!

To‘ra Murod

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar