Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

JCh-2018 saralash. G‘alaba va O‘zbekiston — guruh peshqadami!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 117
JCh-2018 saralash. G‘alaba va O‘zbekiston — guruh peshqadami!

JCh-2018 saralashining uchinchi bosqichi 2-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Samvel Babayan shogirdlari Dohada Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi.

Birinchi taymda terma jamoamiz asosan ikkinchi raqam ostida o‘ynashga harakat qildi. To‘p bilan ko‘proq qatarliklar muomalada bo‘lishdi. Vakillarimiz Qatarning o‘yin boshidagi bosimidan chiqib, asta-sekin hujumga o‘ta boshlashdi. Yaratilgan xavfli vaziyatlar soni bo‘yicha mezbonlar biroz ustunlikka ega bo‘lishdi, ammo hozircha darvozani ishg‘ol qilish hech kimga nasib etmadi.

Ikkinchi bo‘limda terma jamoamiz taktikani o‘zgartirdi va ko‘proq hujum tashkil qila boshladi. Bu esa qatarliklarga qarshi hujumda imkoniyatlarni yuzaga keltirish ehtimolini yuzaga keltirardi. Ikkita vaziyatda omad Qatardan yuz o‘girganini ta’kidlash lozim. Vaziyatlarning birida Bualim Xuxiy 11 metrli nuqta ustidan chalqancha uslubda bergan zarbasi to‘singa tegib qaytdi. Yana bir vaziyatda esa Islom To‘xtaxo‘jaev himoyachilarimizni birin-ketin aldab o‘tib, jarima maydonchasi ichida zarba berishga chog‘lanayotgan futbolchining oyog‘iga tashlanib, xavfni bartaraf etdi.

Maydonga Geynrixning tushirilishi himoyachilarini taxlikada ushlab turdi. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Sasha o‘ng qanotda jarima zarbasi ishladi va uni o‘zi o‘yinga kiritdi. Egor Krimets bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!

Futbolchilarimiz golni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlashdi...

Qolgan daqiqalarda hisobni ushlab turish, raqib shashtini pasaytirishda Geynrixning hissasi katta bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoamizda ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozonib, o‘z ochkolarini 6taga etkazdi va guruhning yaqqol peshqadami bo‘lib oldi. Termamiz navbatdagi bahsni 6 va 11 oktyabrSh kunlari Eron va Xitoyga qarshi o‘tkazadi.

JCh-2018, 3-saralash bosqichi, "A" guruhi, 2-tur
QATAR - O‘ZBEKISTON - 0:1
GOL: Egor Krimets (86)
Qatar: 21.Umar Barri, 2.Muhammad Musa, 3.Abdulkarim Hassan, 4.Ahmad Said, 9.Rodrigo Tabata, 10.Hassan Al Haydos, 12.Akram Afif, 16.Bualim Xuxi, 19.Ahmad Yosir, 20.Karim Budiaf, 23.SebastShyan Soria.
O‘zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Islom To‘xtaxo‘jaev, 2.Egor Krimets, 5.Anzur Ismoilov, 19.Vitaliy Denisov, 18.Otabek Shukurov, 9.Odil Ahmedov, 8.Server Jeparov, 23.Eldor Shomurodov, 10.Sardor Rashidov, 11.IgorSh Sergeev.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar