Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

Samvel Babayan: «Qatarga faqat g‘alaba umidida tashrif buyurgandik»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 76
Samvel Babayan: «Qatarga faqat g‘alaba umidida tashrif buyurgandik»

Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab Samvel Babayan va himoyachimiz Egor Krimets ishtirok etishdi.
— Bugun o‘z mamlakatimiz, o‘z muxlislarimiz uchun chin yurakdan o‘ynadik. Boshqachasiga o‘ynay olmasdik. G‘alaba qozonganimizdan xursandman.
— O‘yinning so‘ngida shunday gol urib, jamoangizning g‘alaba qozonishini kutganmidingiz?
— O‘yindan oldingi matbuot anjumanida Qatarni yaxshi o‘rganib chiqqanimizni aytib o‘tgandim. Bunday ob-havo sharoitida qiyin o‘yin bo‘lishiga tayyor edik. Biz jipslashgan holda o‘yinni olib bordik. Bugun ko‘proq taktik o‘yin kechdi. Qatar ham jamoaviy himoyalandi. Uchrashuv so‘ngida o‘z o‘yinimizni kuchaytirganimizga to‘xtaladigan bo‘lsam, buning uchun zaxiramizda kuchli futbolchilar bor edi. Zaxiradan tushgan futbolchilar hujumdagi rang-baranglikni oshirishdi va natijada gol urishga muvaffaq bo‘ldik. O‘yin boshidan biz faqat g‘alaba uchun o‘ynadik. Bizning maqsadimiz g‘alaba qozonish va oldinga qarab intilishdan iborat edi. Biz buni uddaladik.
— Bugungi g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasini guruh peshqadamiga aylantirdi. Bu haqda nima deya olasiz?
— Ha, biz guruh peshqadami bo‘lib oldik. Bizning o‘z falsafamiz bor. Navbatdagi har bir o‘yin biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Endi navbatdagi Eronga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Biz bosqichma-bosqich harakatlanamiz. Buning uchun safimizda iqtidorli futbolchilar etarli. Ular jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish maqsadida terma jamoa atrofida birlashishgan. O‘z orzumizni amalga oshirish uchun harakat qilamiz. Biz bunga qodirmiz, deb o‘ylayman.
— Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘yinini kuchaytargani, maydonda yaxshiroq harakat qila boshlagani — bu oldindan qilingan reja edimi?
— Ha, bizning o‘z rejamiz bor edi. Avvalo birinchi bo‘limda jipslashgan holda o‘ynab, raqibning hujumlarini bartaraf etishni maqsad qilgandik. Ikkinchi bo‘limda esa zaxiradan futbolchi tushirish orqali o‘z o‘yinimizni kuchaytirishni rejalashtirgandik. O‘yin qanday bo‘lishidan qat’i nazar biz Qatarga faqat g‘alaba uchun tashrif buyurgandik. Bizda boshqacha niyat yo‘q edi. 90 daqiqa davomida shunga qarab intildik va o‘z maqsadimizga erishdik.
Savol Krimetsga.
— Siz Burkina-Fasoga qarshi o‘yinda ham g‘alaba to‘pini kiritgandingiz va bu safar ham so‘nggi daqiqalarda gol urishga muvaffaq bo‘ldingiz. Buni qanday uddalayapsiz?
Krimets: — Biz mashg‘ulotlarda standartlardan foydalanish borasida ko‘p ishlaymiz. Bu o‘ziga xos o‘ylangan kombinatsiya. Bundan tashqari, menga omad ham biroz kulib boqyapti shekilli. Standart paytida to‘p aynan qaysi joyga kelishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Mening golim bugun terma jamoamizga g‘alaba keltirganidan xursandman.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar