Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

Hasanali Qodirov maqolasi: Vatanim futboli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 55
Hasanali Qodirov maqolasi: Vatanim futboli

(Badiha)

Men o‘yinni ko‘rib, Babayandan juda xafa bo‘lgan edim. Stadionning yuqori qavatidagi jurnalistlar qatoridan chiqib, eshik tomon yura boshladim. Odamlar oralab g‘alvir sifat pog‘onali dyuralSh zinalarni qadamlab erga tushgunimcha bosh murabbiyga, bosh sababchiga berar savollarimni o‘ylar edim. Sanjar Rizaev Dmitriy Popovdan so‘ng savol navbatini menga berdi. Savol berishdan avval har gal meni hayajon bosadi. Butun O‘zbekiston shu o‘yinga ko‘zini tikkan edi. Elimizning barcha ishqibozlari nomidan, butun yurt oldida so‘z olib, yurak yutib savol beradi-da har bir jurnalist. Katta mas’uliyat. Sahnaga birinchi bor chiqqan teatr aktyori singari, maydonga birinchi bor tushgan yosh futbolchi singari vujudimni hayajon bosadi. Hayajonni engish uslubidan foydalanib savolni chetdan, muhim bo‘lmagan e’tirof so‘zlaridan boshladim. Keyin...
Keyin... Hozir ushbu satrlarni qoralar ekanman, judolik tufayli ichimni qamragan bir nido bo‘g‘zimga tiqilmoqda. Og‘riqdan dilim dod deb yuborgudek bo‘lib ezilmoqda. Bu mudhish haqiqat oldida erparchin bo‘ldim. Vatanim bu fakt oldida qaqshab qoldi. Ruhim singan shisha idishdek parchalanib, har yoqqa sochilib ketgandek go‘yo. O‘zimni, so‘zimni yig‘ishtirib ololmayotibman. Yarim asrdan beri menga jondosh bo‘lib qolgan futbolga yaqin odamlar bilan, qadrdonlarim bilan birga bo‘lgim kelmoqda. Ularning oldida o‘kirib, o‘kirib yig‘lagim kelmoqda.... Futbol muammolarini o‘ylash dilimga sig‘maydi hozir.
Lekin futboldan boshqa qaerda vatandoshlarimni quchog‘imga olib ko‘rishib dardlasha olaman, aytingchi, qaerda? Kuni kecha “Bunyodkor”da bir stadion bo‘lib birlasha olgan edik. Birgalikda O‘z-be-kis-ton deb, hayqira olgan edik. Yurtimiz termasi arablarni yutgandan so‘ng hammamiz bir-birimizni quchoqlagan edik. Maydonda futbolchilarimiz bir davra bo‘lishib qo‘l ushlashib bizlarni olqishlar edi. Biz ishqibozlar hayqirib ularni olqishlar edik. Hech kim stadionni tashlab ketgisi kelmas edi. Hozir qaydasiz, aziz ishqiboz vatandoshlarim? Shu mahal sizlar bilan birga bo‘lgim kelmoqda. O‘zbekistonim deya omonlashib o‘kirgim kelmoqda. Sizlarni bag‘rimga bosgim kelmoqda.
Ertaga tong otadi. Kun chiqadi. Hayot davom eta beradi. O‘z faoliyatida Vatan ramzini aks ettiradigan futboldan boshqa, futboldan kuchli, futboldan yaqqol, futboldan lo‘nda tag‘in nima bor? Ushbu kunlar chempionatimizda uzilish ro‘y berib faqat Milliy Terma Jamoamiz vatanimizni deb, xalqimizni deb maydonga tushishi gaplarimga dalil bo‘lmaydimi? Bu tasodif emas. Vatandosh futbolchi o‘g‘lonlarim, Dohaga borib yurtimiz nomidan maydonga tushib jang qilinglar! Boshiga musibat tushgan Xalqingizni deb bor vujudigiz bilan jang qilinglar!
Ko‘ngilochar muassasalar judolik tufayli ishlamasin, mayli. Lekin futbolga taalluqli barcha odamlar ushbu kunlari qo‘shimcha kuch, ustivor iroda bilan ishlashi kerak... Futbol bizni yupatadi. Futbol ko‘ksimizni ko‘taradi. Kechagina maqolamda futbolni Futboliston, O‘zbekiston deya atagan edim-a, ko‘nglim...

Butun O‘zbekiston qaddi bukilib qoldi bugun. Futbolistonim, xalqing boshini silagin bugun, ko‘z yoshini artgin bugun!!

Shu so‘zlarni yozar ekanman ko‘nglim bo‘shadi. Dilim yorishdi. Boshqacha kuch, boshqacha burch bilan yozishda davom etaman. Demak, o‘sha kuni g‘alabadan baxtli vatandoshlarim qurshovida zinadan pastga tushar ekanman, barchani Suriya termasi ustidan erishgan g‘alabamiz bilan tabriklab o‘tar edim. Murabbiyga berar savolimni o‘ylar edim...

06.09.2016y.
HASANALI QODIROV

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar