Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

Klaudio Bravo yoshligida darvozabon bo‘lishni hohlamagan edi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31
Klaudio Bravo yoshligida darvozabon bo‘lishni hohlamagan edi

Klaudio Bravo yoshligida darvozabon bo‘lishni hohlamagan edi. Xosep Gvardiola ham uni nafaqat darvozabon, balki jamoa etakchisi sifatida ko‘rishni hohlamoqda. Chili terma jamoasi darvozabonining aytishicha u yoshligini 2000 axolisi bor Viluko qishlog‘ida o‘tkazgan. U futbol vaqtida darvozani himoya qilishni hohlamagan edi, ammo uning do‘stlari Klaudioni darvozga qo‘yar ekanlar. Mana shu tariqa u o‘z futbolchilik faoliyatini boshlagan. Klaudio Chili poytaxtiga kelgan vaqtida ham uni darvozga turishga undashgan va Kolo-Kolo jamoasi tarkibida darvozabon tariqasida faoliyat yurita boshlagan. Shundan so‘ng u Real Sosedad va Barselona jamoalari darvozasini ham himoya qildi. Ana endi u Manchester Siti darvozasini himoya qiladigan bo‘ldi. Uning yangi jamoaga o‘tganini payshanba kuni e’lon qiladilar.

«Xar bir bola yoshlikdan oldingi chiziqda harakatlanishni hohlashini aytadi»” – deya fikr bildiradi Bravo , uning darajasi oldingi chiziqda harakatlanishga mos kelmadi va u darvozani qo‘riqlashga to‘g‘ri keldi.U darvozabon sifatida «Kolo-Kolo» tarkibiga 11 yoshida kelib qo‘shilgan. Yoshlik chog‘lari Bravo otasining turli xil mevalar ortilgan yuk mashinasida sayr qilar edi. U tashqi ko‘rinishidan besunaqay qomat egasi edi: bo‘yi unchalik baland emas va ozg‘in, ammo u o‘z ustida 3 yil davomida ishladi , bo‘yi baland bo‘lmasa ham , o‘yin vaqtida qanotdan to‘p uzatmalarini o‘z vaqtida bartaraf etar va to‘p o‘tkazib yubormas edi. Xatto uning bo‘yi xaddan tashqari past bo‘lganligi uchun , klub boshqaruvchilaridan biri u bilan shartnoma bekor qilishni hohlagan edi.

«El Periódico» nashriga bergan intervShyusida Bravo «Axir men atigi endi 14 yoshni qarshiladimku» deya takidlab o‘tgan. Klub mutasaddilarining bu fikridan ranjigan Bravo o‘z qishlog‘I Vilukoga qaytadi va hammasi o‘z poyoniga etdi va futbolchilik faoliyati tugadi deb o‘ylaydi.

Ammo «Kolo-Kolo» murabbiyi Bravoga yon bosib, klub mutassaddilariga:
- Agar Bravo ketsa, men ham jamoani tark etaman – deb o‘z fikrini bildiradi Xulio Rodrigez.
Rodrigez Klaudioda jamaoaga qaytish umidini uyg‘otdi va uni jamoaga qaytarilishi ma’lum qilindi. U futbolda ko‘plab yangiliklardan xabardor bo‘ldi. «Ayaks»dagi eg‘inda u Yoxan Kroyff bilan ishlagan Frans Xoek bilan tanishdi. Undan so‘ng Xoek Barselonada va Manchester Yunaytedda Lui Vangal bilan ishladi. Rodrigezning nazdida Kroyff darvozabonlar uchun ideal fikr bildira oladigan murabbiy sanalar edi. Kroyffning fikricha: «Mening klubimda darvozabon hujumni boshlab beruvchi hisoblanadi». Rodrigez ham Bravoga to‘pni shunchaki tepib yuborish kerak emas, balki jamoadoshlariga aniq uzatib berishi kerakligini uqtirgan. Aniq to‘p uzatishni Bravo kuniga juda ko‘plab mashq qilar edi va buni u o‘zining kun tartibiga kiritgan edi.

Bravo 14 yoshda boshlab 16 yoshga to‘lguncha o‘zining birinchi jamoasi safida o‘tkazdi va buvaqt oralig‘ida u 14 santimetrga o‘sdi. Bravo 19 yoshga to‘lganda «Kolo-Kolo»ning asosiy darvozaboni jaroxat oldi va u uchun asosiy tarkibga yo‘l ochildi, u esa bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi. Kunlarning birida unga «Real Sosedad» tomonidan qiziqish bildirildi. Manuel Pellegrining yordamchi murabbiyi Xaver Mankisidor Bravoni (Xozirda Manchester Sitida faoliyat yuritmoqda) 2006 yilda jamoaga olib keldi.

Yangi jamoada dastlabki yillarda Bravo birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi va uning jamoasi Segundaga yani quyi ligaga tushib ketdi. Oradan 8 yil o‘tgandan keyin «Barselona»ga o‘tishidan oldin Bravo o‘z jamoasi va Chili terma jamoasining sardoriga aylandi. Uning kuchi , irodasi va g‘ururiga tan bermay ilojimiz yo‘q: mehnatkash, jiddiy va o‘z ishiga sidqi dildan yondashish kabi fazilatlar unda mujassam edi. Klaudio juda quvnoq edi va u turli xil «Lo‘ttiboz»liklar qilib yurardi edi. La Liganing 2015 yildagi eng yaxshi darvozaboni unvonini qo‘lga kiritgan va yuqorida qayd etganimizdek «Lo‘ttiboz»lik qilib video ro‘lik ishlagan, muhlislar buni «kulgu»li ro‘lik deya fikr bildirganlar. Ammo Bravo video ro‘likga «qayg‘uli» deya ta’rif bergan. 2015 yilda erishgan yutuqlarga u munosib, sababi u o‘tgan vaqt mobaynida deyarli xatolarga yo‘l qo‘ymagan edi:

«Umid qilamanki bu yilgi muvaffaqiyatimni kelasi yilda ham takrorlay olaman va kelasi yilda boshqa tusdagi video rolShikni tasvirga olaman» deya intervShyu berib o‘tgan. Bravoning «Barselona»ga olib kelinishida Xuan Karlos Insue va jamoaning sport direktori Subisaretta vositachi bo‘lganlar. Subisarettaning fikricha: «Unda o‘ziga xos harakter bor, himoyachilar bilan yaxshi bog‘lana oladi, yakkama-yakka kurashlarda yaxshi harakat qiladi va men uchun muhim bo‘lgan xislati bu oyoqda yaxshi to‘p tepishi». Oyoqda yaxshi to‘p tepish ? Ha, u «Numansii» jamoasi darvozasiga jarimadan to‘p kiritgan. «Men ishonamanki u nafaqat yaxshi darvozabon, balki yaxshi himoyachi ham bo‘la oladi» deya fikr bildirgan Chililik mutaxassis. Manchester Sitining u bilan shartnoma tuzishiga ham mana shu xislat sababchi bo‘lgan. Bu xislat egasi bo‘lgan darvozabonlarni ko‘plab murabbiylar hohlaydilar. Angliya terma jamoasini Kapello boshqargan vaqtida Jo Xart bilan oyoq harakatlarini yaxshilash haqida suxbatlashgan, chunki oyoq harakatlari darvozabonlarning eng kerakli vositasi hisoblanadi . Bravoning o‘tgan mavsumdagi aniq to‘p uzatish ko‘rsatkichi 84% ni tashkil etgan, Jo Xartniki esa 53%ni. Jo Xartning to‘p uzatmalaridan so‘ng 352 martta to‘p raqib jamoasi a’zolariga kelib tushgan. Bravoda esa bu ko‘rsatkich 142 tani tashkil etadi.

Chililik darvozabon «Barselona» safida muhim mexanizmga aylagandi, ammo u 31 yoshni qarshi olganda unga raqobatchi sifatida Marka Andre Ter Shtegen paydo bo‘ldi. Bu xolatdan Bravo albatta xavotirlana boshladi va Shtegen bilan raqobat haqida o‘ylay boshladi. Shtegenning quyidagi fikrlari Bravoni yana o‘yga ko‘mgan bo‘lsa ajab emas:

«Men jamoaga barcha o‘yinlarda ishtirok etish uchun keldim, men nimaga qodirligimni barcha isbotlashni hohlayman» deya fikr bildirgan Germaniyalik darvozabon. Buni jamoa mutaxasislari ham yaxshi bilar edilar, ammo Bravonning jaroxati Shtegenni asosiy tarkibda harakatlanishiga sabab bo‘ldi. 9 turga kelib Shtegen o‘zining birinchi golini o‘tkazib yubordi va u bu borada La Ligada etkachi bo‘lib olgan edi. Bravo esa jarohatdan forig‘ bo‘lgach Chempionlar Ligasi va Qirol Kubogi baxslarida ishtirok eta boshladi. Bu xolat Chili terma jamoasi darvozabonini qoniqtirmas edi va u zaxira futbolchisi bo‘lishni istamadi, shu sababli ham jamoani tark etdi. Bundan tashqari «Barselona» bu ikki darvozabondan birini tanlashi kerak edi.

Shtegennig imkoniyatlarini yuqori baholab jamoa mutassaddilari Bravoni «Manchester Siti»ga sotib yubordilar. Barselona muxlislari Shtegenni birinchi raqamli darvozabon deya tan olishgan bo‘lsa ham, Bravoni o‘z ishiga sidqi dildan yondashadigan darvozabon sifatida ko‘rardilar. Buning sababi Bravo 2 martta Ispaniya Chepionligiga va Chili terma jamoasi safida «Copa America» kubogini qo‘lga kiritganidir.
Bu yutuqlarda uning xizmatlari juda katta – muayyan o‘yin uslubi, tirishqoqlik, to‘pni tezda o‘yinga qaytarishi va darvozani yaxshi qo‘riqlashi kabi xislatlar uni buni yutuqlarga olib keldi. U Gvardiola qidirgan darvozabonlar safida etakchilardan edi: Uning to‘pni sheriklariga aniq uzatib bera olishi va qarorlarni aniq va o‘z vaqtida chiqara olishi Ispaniyalik mutaxasisni o‘ziga jalb qilgan edi. «Barselona» safida u 75 ta o‘yin o‘tkazdi va jami 7 ta sovrinni yutdi. Bravoga sobiq darvozaboni Sadurni (1961 1976) o‘z fikrini bildirdi: «Bravo qandaydir xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham men buni eslay olmayman».

Mana shu tariqa Vilukolik bolakay ajoyib darvozabonga aylandi.

Muallif: Udesign

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar