Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

Qatar — O‘zbekiston. O‘zaro o‘yinlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 34
Qatar — O‘zbekiston. O‘zaro o‘yinlar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi 11 ta bellashuvda ishtirok etgani «Uzfootball.uz» statistikasida aks etgan. Bu borada ustunlik O‘zbekiston tomonida.

O‘zaro o‘yinlarda Qatar O‘zbekistonga qaraganda ikki marta kamroq zafar quchgan. Yana 2 ta o‘yinda g‘olibni aniqlab bo‘lmagan.

Qatar terma jamoasi Toshkentga jami 4 bor tashrif buyurgan bo‘lib, ularning hammasida imkoniyatni boy bergan. JCh—2018 saralashi doirasida o‘tadigan 6 sentyabrSh kungi o‘yinga Doha shahri mezbonlik qilishini inobatga olib, O‘zbekistonning Qatarga qarshi safar uchrashuvlariga e’tibor qaratamiz.

O‘zbekistonlik futbolchilar Qatar milliy terma jamoasiga qarshi Dohada 6 bor saf tortgan bo‘lib, shularning teng yarmida mag‘lub bo‘lgan, o‘yinlarning uchdan bir qismida g‘olib chiqqan va bir marta murosaga rozi bo‘lgan.

Mag‘lubiyatlarning faqatgina 1 donasi JCh saralashiga to‘g‘ri keladi. 2008 yilning aynan 6 sentyabrSh sanasida Rauf Inileev boshchilik qilgan O‘zbekiston termasi JAR mundiali yo‘lidagi hal qiluvchi bosqichning 1-turini Dohada o‘tkazib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Bugun bu o‘yinga 8 yil to‘ldi.

Mazkur mag‘lubiyat JCh saralashining Qatar mezbonlik qilgan o‘yinlaridagi yagonasidir. 2001 yilning 28 sentyabrida Vladimir Salkov boshchilik qilgan O‘zbekiston termasi JCh saralashini Dohada o‘tkazib, 2:2 hisobiga imzo chekkan. 2012 yilning 16 oktyabrida esa Mirjalol Qosimov O‘zbekiston termasining JCh saralashi doirasida Dohada qo‘lga kiritilgan yagona g‘alabasini qayd etgan. Samvel Babayan bu borada Vladimir Salkov, Rauf Inileev va Mirjalol Qosimovdan keyin JCh saralashini Qatar maydonida o‘tkazadigan to‘rtinchi mutaxassisga aylanadi.

Dohada, shuningdek, Vadim Abramov murabbiylik qilgan vaqtda ham O‘zbekiston termasi zafar quchgan. 2011 yilning 7 yanvarSh kuni O‘zbekiston Osiyo Kubogining ochilish o‘yinida Qatar darvozasiga javobsiz 2 ta gol urgandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar darvozasiga 11 o‘yinda 20 ta gol urgan. Shularning 14 tasi JCh saralashida urilgan bo‘lsa, shu 14 ta goldan bor yo‘g‘i 3 tasi Dohada nishonlangan.

Qatar terma jamoasi darvozasiga eng ko‘p gol urgan o‘zbekistonlik futbolchilar Mirjalol Qosimov va Farhod Tojiev hisoblanadi. Tojiev 2009 yilning 28 mart kuni xet-trik qayd etgan. Qosimov esa Qatarga qarshi bo‘lib o‘tgan dastlabki uch o‘yinning har birida muvaffaqiyat qozongan. Bahodir Nasimov va Odil Ahmedov Qatar darvozasiga ikki martadan yo‘l topgan.

Qatar darvozasiga gol urgan va ayni paytda ham milliy terma jamoada faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar soni uch nafar — Server Jeparov, Sanjar Tursunov va Odil Ahmedov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar