Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

"Qo‘qon-1912": O‘rtoqlik uchrashuvidagi mag‘lubiyat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 37
"Qo‘qon-1912": O‘rtoqlik uchrashuvidagi mag‘lubiyat

Oliy ligadagi kichik tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan jamoamiz nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

“Obod”ga qarshi maydonga chiqqan vakillarimiz bu safar ham liga debyutantiga yutqazib qo‘yishdi. Xuddi ikkinchi davraning ilk uchrashuvida bo‘lgani kabi hisobni vakillarimiz ochishdi. Bu safar “Obod” darvozasini ishg‘ol etish otabek Haydarovga nasib etdi.

Ikkinchi bo‘limda toshkentliklar ikki marta darvozamizni ishg‘ol etishdi.

Avvaliga Shohruz Norxonov ajoyib kombinatsiyadan keyin Nikita Ribkin bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay darvozabonimiz endi Norxonovni to‘xtatib qolish uchun oxirgi chorani qo‘lladi va darvozamiz tomon penalShti belgilandi. Nuqtaga yaqinlashgan Alisher Azizov kuchli zarbasi bilan g‘alaba to‘pini kiritdi.

O‘RTOQLIK UChRAShUVI

OBOD – QO‘QON-1912 – 2:1 (0:1)

5 sentyabrSh. Toshkent. “Xonabod” stadioni.

Bosh hakam: Aziz Asimov.

Gollar: Shohruz Norxonov, Alisher Azizov – Otabek Haydarov.

“Obod”: Umidjon Yorbekov, Ilhom Komilov, G‘ayrat Umirov, Farhod Miraahmatov, Abror Xusinov, Doniyor Hasanov, Temur Hakimov, Alisher Mirzaev, Javohir Qahramonov, Sanjar Rihsiboev, Shohruz Norxonov.

Zaxiradan tushganlar: Dilshod Hamroev, Sardor Qahhorov, Alisher Shog‘ulomov, Xurshid G‘iyosov, Alisher Azizov, Pavel Solomin.

“Qo‘qon-1912”: Aziz Ashurov, Darko Gojkovich, Nikola Valentich, Ma’ruf Zokirjonov, Ibrohim Rahimov, Suhrob Berdiev, Javohir Siddiqov, Abdulloh Olimov, Sobir Hamidov, Otabek Haydarov.

Zaxiradan tushganlar: Nikita Ribkin, Shohruh Xolmatov, Mirjalol Qurbonov, Doston Tursunov, Nodir Yuldashev, Orif Mamajonov, Avaz Mamatxo‘jaev, Bahodir Akramov, Iqbol Malikjonov, Aziz To‘xtaboev, Nosir Otaqo‘ziev, Mirto‘ra Akbarov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar