Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

JCh-2018 saralash. Qatar-O‘zbekiston. PrevShyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 40
JCh-2018 saralash. Qatar-O‘zbekiston. PrevShyu

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chenmpionati yo‘llanmasi uchun saralashining uchinchi bosqichini g‘alaba bilan boshladi. Terma jamoamiz Mundialga borishni istar ekan, guruhdagi asosiy raqiblardan biri bo‘lgan Qatarni mag‘lub etishi talab etiladi.
O‘z navbatida Qatar ilk turda Eronga yutqazgani sababli, bugun o‘z maydonida O‘zbekiston bilan bo‘ladigan o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi. Har ikkala jamoaning asosiy maqsadi 3 ochko ekan, keling, termalarning imkoniyatlarini chamalab ko‘ramiz.

Tan olish kerak, Suriyaga qarshi o‘yinda Samvel Babayan shogirdlari nursiz o‘yin ko‘rsatishdi. Baxtimizga raqib u qadar kuchli emasdi va ikkinchi bo‘limda g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘ldik. Ammo bu galgi raqib — Qatar. Umid qilamiz, 1-turdagi bahs terma jamoamiz uchun har tomonlama tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Futbolchilar bir-birlarini yaxshi tushunib olishdi, jismoniy tayyorgarlik yuqoriroq saviyaga ko‘tarildi. Endi qolgani murabbiy tanlaydigan taktikaga bog‘liq.

Bir narsani taxmin qilish mumkinki, bu uchrashuvda kam xato qilgan jamoa g‘alaba qozonadi. Mezbonlar o‘yin boshidanoq katta kuch bilan oldinga tashlanadi. Ular tavakkal qilishga majbur. Shunday pallada jamoamiz himoyada bexato harakat qilib, raqibni iloji boricha ko‘proq to‘psiz o‘ynashga majbur etsa, raqibning tartibli o‘yini va ruhiyatini izdan chiqarsa, bizda g‘alaba uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Shuningdek, terma jamoalarning standart vaziyatlardan qay tariqa foydalana olishiga ko‘p narsa bog‘liq. Suriya bilan o‘yinda termamiz burchak va jarima to‘plaridan samarali foydalana olmadi. Murabbiy buni sezgan va mashg‘ulotlarda futbolchilar bilan buning ustida ishlagan bo‘lishi kerak.
Bir jihat o‘zbekistonlikni xursand qiladi, uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Jassim bin Hamad stadionida konditsionerlar ishlashi tufayli o‘yingohdagi harorat 24-25 darajani tashkil qilmoqda. Bu narsa terma jamoamizni jiddiy muammodan xalos qiladi. Aks holda Qatarning 40 gradus iqlimida futbol o‘ynashning o‘zi bo‘lmasdi.
Qatar va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Uchrashuv "Sport" kanali orqali jonli translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston terma jamoasining taxminiy tarkibi:

Darvozabon: Aleksandr Lobanov
Himoyachilar (o‘ngdan chapga): Islom To‘xtaxo‘jaev, Egor Krimets, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov
Yarim himoyachilar: Sardor Rashidov, Odil Ahmedov, Javohir Sohibov, Eldor Shomurodov, Server Jeparov
Hujumchi: IgorSh Sergeev

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar