Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

JCh-2018 saralashi. Xorvatiya Turkiya bilan durang o‘ynadi, Kosovo tarixiy ochkoni qo‘lga kiritdi va boshqa natijalar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 48
JCh-2018 saralashi. Xorvatiya Turkiya bilan durang o‘ynadi, Kosovo tarixiy ochkoni qo‘lga kiritdi va boshqa natijalar

Evropada JCh-2018 saralash o‘yinlari davom etmoqda. Bugun Xorvatiya, Turkiya, Irlandiya terma jamoalari musobaqadagi ishtirokini boshladi.

Xorvatiya – Turkiya o‘yini FIFAning qaroriga binoan muxlislarsiz o‘tkazildi. Bundan tashqari mukofotlar o‘z vaqtida berilmagani uchun Turkiyaning asosiy tarkibidagi 7 nafar futbolchisi Xorvatiyaga kelmadi. Shunday bo‘lsa-da, turklar qiziqarli kechgan o‘yinda raqibdan ochko olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Xorvatiya – Turkiya 1:1 (1:1)
Gollar: Rakitich (44 pen) – Chalxano‘g‘li (45)
Xorvatiya – Kalinich, Chorluka, Strinich, VrsalShko, Vida, Rakitich (Brozovich, 64), Modrich, PShyatsa (Kalinich, 80), BadelSh, Perishich, Mandjukich (Kramarich, 84).
Turtsiya – Babadjan, Aziz, Keybashi, Ozbayrakli, Ayxan (Chalik, 54), Tufan, Yokushlu, Mor (Shen, 84), Topal, Chalxanoglu, Tosun (Shaxan, 71).
Ogohlantirish: Tufan (90), Shaxan (90).

Serbiya va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan o‘yinda maydon egalari g‘alabaga yaqin edi. Biroq Irlandiya iroda namoyish etib, o‘yin oxirida mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Serbiya – Irlandiya 2:2 (0:1)
Gollar: Kostich (62), Tadich (69 pen) – Xendrik (3), Merfi (80)
Serbiya – Raykovich, Nastasich, Rukavina, Ivanovich, Mladenovich (Toshich, 77), Milivoevich, Tadich, Kostich (Katai, 81), GudelSh, Vukovich, Mitrovich (Pavlovich, 59).
Irlandiya – Rendolf, Uord (Kuinn, 70), Koulmen, O′Shi, Kio, Breydi, Xendrik (Merfi, 76), Uelan, Makkleyn, Uolters, Long (Klark, 90).
Ogohlantirish: Uord (21), Xendrik (27), Breydi (59), Nastasich (72), Katai (83), Uelan (88).

Finlyandiya o‘z maydonida yaqindagina UEFA va FIFAga qabul qilingan Kosovo terma jamoasini qabul qildi. Kosovarlar o‘z tarixidagi dastlabki rasmiy o‘yinda hayajonlanib o‘tirishmadi va raqibdan ochko tortib olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Finlyandiya – Kosovo 1:1 (1:0)
Gollar: Arayuuri (18) – Berisha (60 pen)
Finlyandiya – Gradetski, Uronen, Lam (Ring, 65), Arayuuri, Raytala, Eremenko, XalShsti, Lod (Shyuller, 88), Moysander, PoxShyanpalo, Pukki (Xyamyalyaynen, 73).
Kosovo – Uykani, Rraxmani, Pakyarada, Pnishi, Perdeday, Berisha (Xalimi, 81), Kryuezyu, Berisha (Mexa, 90), Alushi, Rashitsa, Bunyaku (Tselina, 66).
Ogohlantirish: Eremenko (53), Alushi (56), Lam (59), Kryuezyu (83).

Albaniya – Makedoniya o‘yini kuchli yomg‘ir tufayli 80-daqiqada to‘xtatildi va keyinchalik boshqa muddatga qoldirildi.

Albaniya – Makedoniya 1:1 (o‘yin qoldirildi)
Gollar: Sadiku (9) – Alioski (51)
Albaniya – Berisha, Gimsiti, Agoli, Xyusay, Mavray, Djaka, Kukeli, Xyuka (Roshi, 67), Abrashi (Balay, 60), Gashi (Memushay, 60), Sadiku.
Makedoniya – Zaxov, Moysov, Shikov, Alioski, Ristovski, Spirovski, Juta, Xasani (Djordjev, 75), Stepanovich (Petrovich, 61), Ristevski, Pandev.
Ogohlantirish: Stepanovich (46), Juta (59).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar