Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.09.2016

"Qizilqum": O‘rtoqlik uchrashuvini qariyb 9000 muxlis tomosha qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 54
"Qizilqum": O‘rtoqlik uchrashuvini qariyb 9000 muxlis tomosha qildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2018 yili Rossiyada bo‘ladigan jahon chempionati Osiyo mintaqasi uchinchi saralash bosqichi bahslarida qatnashishi munosabati bilan yigirmanchi turdan joy olgan «Paxtakor» — «Qizilqum» uchrashuvi qoldirilgan edi. 26 avgustda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mazkur bahs 21 sentyabrSh kuni bo‘lishi belgilandi.

Natijada «Qizilqum» jamoasi uchun taqvimda kichik tanaffus yuzaga keldi. Navoiyliklar esa bu vaqtni bo‘sh o‘tkazmaslikka alohida e’tibor qaratishdi.

«Qizilqum» PFK rahbariyatining tashabbusi bilan Navoiyda ajoyib futbol bayrami uyushtirildi. 26 avgust kuni «Qizilqum» jamoasi va O‘zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Salkam to‘qqiz ming muxlis bevosita kuzatgan bu o‘yin Navoiydagi «Yoshlar» sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Garchi, o‘rtoqlik uchrashuvida durang (0:0) qayd qilingan bo‘lsa-da, bu o‘yin shu yil kuzda yoshlar o‘rtasida bo‘ladigan Osiyo chempionati final bosqichiga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekistonning bo‘lajak olimpiyachilari uchun o‘ziga xos sinov hamda tajriba maktabi vazifasini o‘tab berdi.

Chunonchi, 2020 yili Tokioda bo‘ladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida aynan shu yoshlarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishlari kutilmoqda. O‘z navbatida bu o‘yin navoiylik ko‘psonli ishqibozlar uchun mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yiga tuhfa bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar