Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.09.2016

«Bunyodkor» vakillari Prezidentni yod etishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 85
«Bunyodkor» vakillari Prezidentni yod etishdi

"Bunyodkor" futbol klubida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. «Bunyodkor» futbol klubida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda futbol klubi va «Bunyodkor» stadioni xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Islom Abdug‘anievichning hayoti va faoliyati yodga olindi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari, tinchlik va totuvlik, sportimiz rivoji yo‘lidagi ko‘rsatgan fidoyiligi haqida so‘zlab, u kishining vafoti Vatanimiz va xalqimiz uchun nihoyatda og‘ir yo‘qotish ekani chuqur qayg‘u bilan ta’kidlandi. Prezidentimiz nafaqat siyosat va iqtisod, boshqa sohalarda ham chuqur bilim sohibi edi. Xalqimizga ana shunday buyuk inson bosh bo‘lgani – bizning baxtimiz.

Prezidentimizning sportimizni yuksaltirish borasida ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklarini alohida ta’kidlash joiz. 1993 yil 18 martda futbolni rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan hujjat bu boradagi dastlabki poydevor bo‘ldi. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasiga bevosita rahbarlik qilgan yurtboshimiz sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish uchun barcha ishga bosh-qosh bo‘lganlari diqqatga sazovor. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha viloyatlarida zamonaviy talablarga javob beruvchi stadionlar foydalanishga topshirildi. Ularning eng muhtashami, shubhasiz, «Bunyodkor» stadionidir. Arenamizning tantanali ochilish marosimida Islom Abdug‘anievich Karimov shaxsan ishtirok etib, so‘zga chiqqanlari umrbod yodimizda saqlanadi.

Uch bosqichli tizim – «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va universiadalarda saralangan yorqin iste’dod sohiblari endilikda eng nufuzli xalqaro musobaqalarda mustaqil O‘zbekiston sha’nini munosib himoya qilishmoqda. Avgust oyida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlarida istiqlol voyaga etkazgan sportchilarimiz to‘rtta oltin, ikkita kumush va ettita bronza medaliga sazovor bo‘lishgani Islom Karimov mehnatlari mahsuli sifatida baholanmog‘i darkor.

Yurtboshimiz Islom Abdug‘anievich Karimovni nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar ham mustaqilligimiz me’mori sifatida yuksak qadrlaydi. Prezidentimiz buyuk davlat asoschisi, sport va sog‘lom turmush tarzining jonkuyari sifatida tarixda qoladi. Biz prezidentimizning o‘gitlariga og‘ishmay amal qilishimiz, boshlagan islohotlarini munosib davom ettirib, O‘zbekiston dovrug‘ini yuksaklarga ko‘tarish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishimiz shart. Shunda qadrli Yurtboshimizning ruhlari shod bo‘ladi.

«Bunyodkor» futbol klubi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. Klub mutasaddilari, murabbiylar va futbolchilar Prezidentimiz portreti poyiga gullar qo‘yishdi.

Elimiz baxti, yurtimiz ravnaqi uchun yonib yashagan ulug‘ zot Islom Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar