Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.09.2016

Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Qozog‘iston: Evropaning uchinchi jamoasi jahonda nechanchi bo‘ladi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70
Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Qozog‘iston: Evropaning uchinchi jamoasi jahonda nechanchi bo‘ladi?

Qozog‘iston terma jamoasi mundialdagi ilk o‘yinini Argentina terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 16 yil muqaddam mundialdagi debyutini Braziliyadan 12 ta gol o‘tkazish bilan boshlagan jamoa bugun butunlay yangi qiyofa kasb etgan.

Argentina biroz masalaku-ya, ammo Kosta-Rika hamda Solomon orollariga qarshi o‘yinlarda qozog‘istonliklarni favorit sifatida ko‘rish mumkin.

Kolumbiyaga yo‘l

Qozog‘iston terma jamoasi Jahon Chempionati chiptasini munosib tarzda qo‘lga kiritdi deyish o‘rinli. Saralashning 5-guruhidan joy olgan qo‘shnilarimiz ilk o‘yinda Chexiyadan ustun kelishdi — 3:1. Bu esa jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirdi. Sloveniyaga qarshi 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. 3-turda esa frantsiyalik futzalchilar taslim qilindi — 4:2.

Guruhning 1-o‘rinda yakunlanishi Qozog‘iston uchun ayni muddao bo‘ldi. UEFA reglamentiga ko‘ra, 7 ta guruh etakchilari qur’a yordamida ikkinchilarga qarshi pley-off o‘yinida ishtirok etdi. Masalan, Qozog‘iston joy olgan guruhni 2-o‘rinda yakunlagan Sloveniya pley-offda ikki karra jahon chempioni Ispaniyaga ro‘baro kelib qoldi va mundialdan umidini uzdi.

Umuman olganda, pley-offda hech qanday sensatsiya qayd etilmadi. Guruhlarni 1-o‘rinda yakunlagan termalarning hammasi zafar quchdi, jumladan, Qozog‘iston ham. PolShshaga qarshi birinchi o‘yinda 1:1 hisobini qayd etgan jamoa, takroriysida 7:0 hisobida zafar quchdi. Bu esa Jahon Chempionati yo‘llanmasi degani edi.

Jamoa haqida

Iguita kabi ajoyib darvozaboni bor bo‘lsa-da, Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi har doim hujumkor o‘yin uslubi g‘oyalarini ilgari surib keldi. Bu qaror PolShshaga qarshi hal qiluvchi o‘yinda o‘zini to‘la oqlagandi.

Kolumbiya—2016 ni inobatga olmaganda, Qozog‘iston terma jamoasi futzalchilarining jahon arenasida tajribasi yo‘q. Bunda Gvatemala mundialida to‘p surgan avlod emas, aynan bugungi kun futzalchilari nazarda tutildi. Ular mamlakatning ikki asosiy klubi — «Qayrat» va «Astana-Tulpor» safida pishib etilgandi. «Qayrat»ning 2014/15 yilgi mavsumda UEFA Kubogini qo‘lga kiritishida ham mana shu futzalchilar asosiy rolni o‘ynagandi.

2016 yilda Qozog‘iston terma jamoasi Evropa Chempionatida debyutini o‘tkazdi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi. Ko‘hna qit’aning ikki asosiy etakchisi — Ispaniya va Italiyadan keyingi o‘rinda qayd etilish Qozog‘istondek yangi jamoa uchun chakki natija emasdi.

Mundiallar tarixi

2000 yilgi Jahon Chempionati Qozog‘iston uchun hozirga qadar yagona ishtirok bo‘lib kelayotgandi. Ilk mundialning qur’a tashlash marosimiyoq jamoa uchun omadsiz keldi. Braziliya va Portugaliya bilan bir guruhdan joy olishi kamlik qilgandek, minglab muxlislar qo‘llayotgan mezbon Gvatemalaga qarshi ham o‘ynash azobning o‘zginasi edi.

Yakunda ham shunday bo‘lib chiqdi. Jahon Chempionatidagi birinchi o‘yinida Qozog‘iston Braziliyadan engilib qo‘ya qoldi — 1:12. 2-turda esa gvatemalalik futzalchilar 6:5 hisobida ustun keldi. Portugaliyaga qarshi o‘yinda ham imkoniyat boy berildi — 2:6. O‘sha mundialdan qolgan yagona yorqin xotira qozog‘istonlik Talgat Baymuratovning mundiallar tarixidagi 900-golni urgani edi.

Hozir esa vaziyat boshqa. Qozog‘iston terma jamoasi anchagina kuchaygan. Evropaning uchinchi jamoasi bo‘lishdek baxtga musharraf bo‘lgan qozoqlar, Kolumbiyada ham bir nimalarni isbotlashga tayyor turishibdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar