Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.09.2016

JCh-2018 saralashi. PolShsha Qozog‘istonda qoqildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 40
JCh-2018 saralashi. PolShsha Qozog‘istonda qoqildi

Evro-2016 musobaqasida chorakfinalgacha etib borgan PolShsha terma jamoasi JCh-2018 saralash musobaqasini muvaffaqiyatsiz boshladi. Qozog‘iston terma jamoasi mehmoni bo‘lgan polShshaliklar durang natija qayd etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Eng kuchli tarkib bilan Astanaga tashrif buyurgan PolShsha 9-daqiqadayoq hisobni ochdi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga etkazilgan to‘pni Kapustka yaqin masofadan darvozaga yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng ham PolShsha tashabbusni qo‘ldan bermay, ketma-ket hujumlarni uyushtirib turdi. 35-daqiqada mezbonlar himoyachisi Levandovskini jarima maydoni ichida chalib yiqitdi. Belgilangan penalShtini jabrlanuvchining o‘zi aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi.

Bo‘lim oxirigacha PolShsha hisobni yirik ko‘rinishga keltirishi mumkin edi. Ammo Levandovski va Milik qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo‘lim kutilmaganda Qozog‘istonning goli bilan boshlandi. Shomko chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga etkazdi. Himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Xijnichenko uni ko‘kragi bilan to‘xtatib oldi va yaqin masofadan aniq zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi.

Bundan o‘ziga kelolmagan PolShsha biroz o‘tgach yana bir gol o‘tkazib yubordi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga etkazilgan to‘pni Xijnichenko himoyachi bilan kurashda darvozaga to‘g‘irlab yuborishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yin oxirigacha kurash keskin tarzda kechgan bo‘lsa-da, hisob boshqa o‘zgarmadi. Qozog‘iston birinchi sensatsiyani taqdim qilib, PolShshadan ochko tortib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Qozog‘iston – PolShsha 2:2 (0:2)

Gollar: Xijnichenko (51, 58) - Kapustka (9), Levandovski (35 pen)

Qozog‘iston – Pokatilov, Kislitsin, Maliy, Shomko, Beysebekov, Kuat, Bayjanov (Nurgaliev, 69), Mujikov, Islamxan (Tagibergen, 79), Axmetov (Abdulin, 61), Xijnichenko.

PolShsha – FabianShski, Pishchek, Salamon, Glik, Kapustka (Linetti, 83), Ribus, Blashchikovski, Krixovyak, ZelinShski, Milik, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Levandovski (18), Maliy (18), ZelinShski (28), Axmetov (43), Pishchek (53), Bayjanov (56), Xijnichenko (70), Kuat (71), Glik (73), Islamxan (74).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar