Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.09.2016

Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Avstraliya: etti mundialning oltitasida ishtirok etgan doimiy autsayder

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 53
Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Avstraliya: etti mundialning oltitasida ishtirok etgan doimiy autsayder

Avstraliya terma jamoasi uchun futzal sport turidagi Jahon Chempionati yangilik emas. Mamlakat OFK tasarrufiga qo‘shilganidan keyingina mundial nisbatan azizroq ko‘rina boshladi.

Chunki Okeaniya mintaqasida Avstraliyaga jiddiy raqib yo‘q edi. Eron, Yaponiya, Tailand, O‘zbekiston kabi doimiy etakchilar bor Osiyoda esa Jahon Chempionatiga yo‘l olish naqadar qiyin ish. Shunga qaramay Avstraliya so‘nggi ikki mundial chiptasini yutib olishga erishdi.

Kolumbiyaga yo‘l

Avstraliya terma jamoasining mundialga yo‘l olish imkoniyati u qadar yuqori bo‘lmagani kabi, u qadar past ham emasdi. Ammo Yaponiya terma jamoasining chetda qolib ketgani fonida Avstraliyaning muvaffaqiyati ancha yorqin ko‘rinadi. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Chempionatini yashil qit’a futzalchilari uzoq eslab yuradi. Chunki bu musobaqa ularga Kolumbiya yo‘llarini ochib berdi.

O‘z guruhida Malayziyani 2:1, Qatarni 5:2 hisobida mag‘lub etgan Avstraliya so‘nggi tur oldidan navbatdagi bosqich masalasini hal qilib qo‘ygandi. 3-turdagi g‘alaba chorak finalda Tailandga duch kelib qolmaslik uchun kerak edi. Biroq tish Yaponiya futzalchilariga o‘tmadi — 1:3.

Tailandni mag‘lub etish Avstraliya futzalchilari uchun fantastikaga teng. Hech qanday sensatsiya yuz bermadi — 1:6. Bu orada Yaponiyaning VShetnamdan engilgani, so‘nggi — beshinchi yo‘llanma uchun kurashni yanada og‘irlashtirib yubordi Avstraliya uchun. «Sokkerouz»ning baxtiga qirg‘izlar Yaponiyani turnirdan chiqarib yubordi. Avstraliyaning o‘zi avvaliga Iroqni 5:3 hisobida taslim qildi, keyin esa o‘sha Qirg‘iziston mag‘lub etildi — 3:1. Bu Jahon Chempionati yo‘llanmasi degani edi.

Jamoa haqida

Avstraliya terma jamoasida yosh va tajriba mutanosibligini kuzatish mumkin. Delegatsiyaning Toshkentga tashrif buyurgan olti asosiy futbolchisi 2012 yil Tailandda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida ishtirok etib, katta saboq olgandi. Jamoa bosh murabbiyi Rob Varela fevralSh oyidagi muvaffaqiyatni «havaskor jamoa» erishishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi natija deb atagandi.

Jamoa safida to‘p suruvchi ikki futzalchi — Jerrod Basger hamda Tobias Sito Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi va mahalliy ligada to‘p suradi. Bu esa Avstraliya terma jamoasining foydasiga xizmat qiladi.

Shunga qaramay Avstraliya terma jamoasi Jahon Chempionati autsayderlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Osiyoning beshinchi jamoasi bo‘lgan Avstraliya Kolumbiyada bir ishning uddasidan chiqishi qiyin. Hammasi Rob Varela yashil qit’a termasini Jahon Kubogiga qanday tayyorlashiga bog‘liqdir.

Mundiallar tarixi

Avstraliya terma jamoasi Osiyoning beshinchi jamoasi bo‘lishiga qaramay, bu qit’aning bir etakchilariga qaraganda Jahon Chempionatida ko‘proq ishtirok etgan. 1989 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan futzal mundialida Avstraliya terma jamoasi 2004 yilgisini ham qo‘shib hisoblaganda muntazam ishtirok etdi. O‘rtadagi tanaffusdan keyin 2012 yil yana mundialga qaytdi.

Biroq bunda son sifatni belgilab bermaydi. Avstraliya Jahon Chempionatlarining muntazam autsayderi sifatida nom qoldirgan. Ortda qolgan olti ishtirokning hech birida Avstraliya guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlay olmagan. Olti ishtiroki davomida bor yo‘g‘i 3 ta g‘alabaga erishgan Avstraliya, 1 ta o‘yinni murosa bilan yakunlagan va 14 tasida raqiblariga imkoniyatni boy bergan. 29 ta gol urgani 102 ta gol o‘tkazib yuborganining fonida umuman ko‘rinmay ketadi.

2012 yil Avstraliya terma jamoasi mundialni Meksikani mag‘lub etish bilan boshlagandi — 3:1. Bu g‘alaba jamoa muxlislarida umid uyg‘otgan bo‘lsa-da, keyingi ikki turda Argentina va Italiyaga qarshi hech narsa qilib bo‘lmagandi. Bu safar «sokkerouz» qanday karomat ko‘rsatishini bilib olishimiz uchun ko‘p vaqt qolmadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar