Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.09.2016

Shaxmatchilarimizning jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alabalari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50
Shaxmatchilarimizning jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alabalari

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va xotin-qizlar terma jamoalari Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan jahon shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Boku shahri mezbonlik qilayotgan bu galgi jahon shaxmat olimpiadasida 170 dan ziyod davlat shaxmatchilari g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. O‘n bir turdan iborat olimpiadaning har bir uchrashuvida terma jamoalarning to‘rttadan o‘yinchisi ishtirok etadi. G‘olib to‘rt partiyaning umumiy natijasi bo‘yicha aniqlanadi.
Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda mamlakatimiz sharafini xalqaro grossmeysterlar – jahon chempioni Rustam Qosimjonov, Anton Filippov, Marat Jumaev, Jahongir Vohidov va yosh iqtidorli shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboev himoya qilmoqda. Xotin-qizlar musobaqasida xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova, xalqaro toifadagi sport ustalari Gulruhbegim Tohirjonova, Irina Gevorgyan, Sarvinoz Qurbonboeva va tajribali shaxmatchimiz Nodira Nodirjonova dona surmoqda.
181 jamoa ishtirok etayotgan erkaklar musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari birinchi turda bruneylik shaxmatchilarni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Jahongir Vohidov Sun Vey Yega, Anton Filippov Hafizon Omarga, Marat Jumaev Aliuddin Azahariga, Nodirbek Yoqubboev Omar Baki Japarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Ikkinchi turda shaxmatchilarimiz Dominikan Respublikasi terma jamoasini ham 4:0 hisobida engdi. Rustam Qosimjonov Xose Lisandro Munoz Santana, Jahongir Vohidov NelShson Pinal Borges, Anton Filippov Xose MaunelSh Dominges, Nodirbek Yoqubboev Karlos Pol Ebryu Jan ustidan g‘alaba qozondi.
Uchinchi turda shaxmatchilarimiz Chexiya terma jamoasi bilan bahslashadi.
Xotin-qizlar musobaqasida 142 jamoa bosh sovrin uchun bahsga kirishdi. Shaxmatchi qizlarimiz birinchi turda paragvayliklarni 4:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Nafisa Mo‘minova Gabriela Vargasni, Irina Gevorgyan Dalila Perezni, Sarvinoz Qurbonboeva Letitsiya Avalosni, Nodira Nodirjonova Montserrat Roxasni mot qildi.
Ikkinchi turda qizlarimiz belShgiyalik shaxmatchilar ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur turda Irina Gevorgyan Sara Dierkensni, Sarvinoz Qurbonboeva Astrid Barbierni enggan bo‘lsa, Nafisa Mo‘minova Xanne Gussens bilan, Gulruhbegim Tohirjonova esa Yuliya Morozova bilan durang o‘ynadi.
Endi uchinchi turda O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi rossiyalik shaxmatchilar bilan bahslashadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar