Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.09.2016

O‘zbekiston futbolchilari — Dohada: tashqarida havo harorati +41 daraja issiq, Warwick mehmonasi esa salqin (video)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 185
O‘zbekiston futbolchilari — Dohada: tashqarida havo harorati +41 daraja issiq, Warwick mehmonasi esa salqin (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazish uchun Qatar poytaxti Dohaga etib bordi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmatining Twitter’dagi sahifasida axborot berilgan.

O‘FF matbuot xizmatining Telegram’dagi kanalida qoldirilgan axborotga ko‘ra, shu kecha-kunduzda Dohada kunduzi havo harorati +41…+44 darajagacha ko‘tarilmoqda. Terma jamoa futbolchilari Dohadaga Warwick mehmonxonasiga joylashgan.

Qatarga yo‘l olgan o‘zbekistonlik futbolchilar orasida yarim himoyachi Aziz Haydarov yo‘q — xabar berishlaricha, futbolchi sonining orqa qismidan jarohat olgan. Umuman, Dohada bo‘ladigan o‘yinga bosh murabbiy Samvel Babayan 23 nafar futbolchini olib ketgan:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov («Paxtakor»), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Eldor Suyunov («Nasaf»)

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jaev («Lokomotiv»), Egor Krimets («Beyjing Guoan» – Xitoy), Anzur Ismoilov («Changchun Yatai» – Xitoy), Azim Ahmedov («Paxtakor»), Davron Hoshimov («Paxtakor»), Vitaliy Denisov («Lokomotiv» – Rossiya), Stanislav Andreev («Paxtakor»), Otabek Shukurov («Bunyodkor»).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov («Krasnodar» – Rossiya), Sardor Rashidov («Al-Jaish» – Qatar), Eldor Shomurodov («Bunyodkor»), Jasur Hasanov («Qizilqum»), Javohir Sohibov («Paxtakor»), Marat Bikmaev («Lokomotiv»), Doston Hamdamov («Bunyodkor»), Salamat Qutiboev («Buxoro»), Jamshid Iskanderov («Paxtakor»), Server Jeparov («Lokomotiv»)

Hujumchilar: IgorSh Sergeev («Beyjing Guoan» – Xitoy), Aleksandr Geynrix («Ordabasi» – Qozog‘iston)

Eslatib o‘tamiz, Qatar va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 saralash uchrashuvi 6 sentyabrSh, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar