Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.09.2016

Temur Olimxo‘jaev: “Osiyo chempionatiga har tomonlama tayyormiz”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 55
Temur Olimxo‘jaev: “Osiyo chempionatiga har tomonlama tayyormiz”

15 sentyabrSh kuni Hindistonda o‘smirlar o‘rtasida futbol bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Ushbu musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi yakuniy o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Slovakiyada olib bordi va 3 sentyabrSh kuni jamoa Toshkentga qaytib keldi.

O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi boshlanishi arafasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo‘jaev O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmatiga intervShyu berib, musobaqaga tayyorgarlik jarayoni, jamoaning holati, oldinga qo‘yilgan vazifa masalalari borasida to‘xtalib o‘tdi.

“Biz Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlikni fevralSh oyidan boshladik, - deya so‘z boshladi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi murabbiyi - Mart oyining ilk kunlarida Toshkentda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Sport for tomorrow” nomli xalqaro o‘rtoqlik turnir o‘tkazildi. Unda biz Yaponiya, Eron, Turkmaniston o‘smirlariga qarshi o‘yinlar o‘tkazdik. Tashkiliy jihatdan ham, chaqirilgan jamoalar saviyasi tomondan ham yaxshi turnir bo‘ldi.

AprelSh oyidagi yig‘in davomida PolShsha bilan Toshkentda ikkita o‘rtoqlik ucharshuvi o‘tkazdik. So‘ngra may oyida Birlashgan Araba Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazib, BAA o‘smirlari bilan nazorat o‘yini o‘tkazildi.

IyunSh oyida Belaruda yig‘in o‘tkazdik va evropaliklar bilan ham nazorat uchrashuvlari tashkil etdik.

IyulSh oyidagi yig‘inimizda Toshkentda Ummon o‘smirlar terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik ucharshuvi o‘tkazildi.

Rejaga ko‘ra avgust oyida jismoniy tayyorgarlik borasida ish olib borishimiz kerak edi. Shu maqsadda, Dukentda ikki haftalik o‘quv yig‘ini o‘tkazildi. Avgust so‘nggida esa Slovakiyaga safar uyushtirib, tayyorgarlik jarayonimizning so‘nggi bosqichi doirasida Slovakiya U-16 terma jamoasi bilan ikkita o‘yin o‘tkazdik. O‘yinlarning har ikkisida durang qayd etildi. Ushbu yig‘inda biz Osiyo chempionatiga olib boriladigan yakuniy tarkib borasida bir qarorga kelib oldik va hozir bizda qit’a birinchiligiga boradigan 22 futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxat mavjud.

Umuman, musobaqaga tayyorgarlik avvaldan ishlab chiqilgan reja bo‘yicha olib borildi va bu borada bizga O‘zbekiston Futbol Federatsiyaisi va terma jamoalar markazi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berildi. Shu o‘rinda ularga minnatdorchilik bildiraman. O‘ylaymanki, bularning barchasi o‘z natijasini beradi. Olib borilgan tayyorgarlik jarayonidan ko‘nglim to‘ldi”.

O‘zbekiston U-16 Osiyo chempionati saralashida eng sermahsul jamoalardan biri bo‘lgadi. Biroq o‘tkazilgan o‘rtoqlik ucharshuvlarining aksari gollarga boy bo‘lmaganini ta’kidlab, hujum chizig‘idan ko‘nglingiz to‘qmi, deya so‘raganimizda, Temur Olimxo‘jaev, quyidagicha javob berdi.

“Avvalo, o‘rtoqlik uchrashuvlardan maqsad – raqib darvozasiga imkon qadar ko‘p gol kiritish emas. Biz o‘yinlarda jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yishga, chiziqlar o‘rtasidagi uzviylikni, paydo qilishga, turli taktik chizmalarni sinab ko‘rishga harakat qildik. Ikkinchidan, biz nazorat o‘yinlari uchun tanlagan raqiblarimiz saralashdagi raqiblarimizdan saviya borasida ancha ustun ekanini unutmaslik lozim. Yaponiya, Eron, PolShsha, BelarusSh, Slovakiya kabi jamoalar bilan Maldiv orollari, Falastin va Yaman bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Hujumchilar haqida esa shuni aytishim mumkin: biz tanlab olgan to‘rt hujumchi – ushbu yoshda O‘zbekistondagi eng yaxshi hujumchilardir”.

Jamoa oldidagi keyingi rejalar va Osiyo chempionati final bosqichiga qo‘yilgan maqsad borasida esa Olimxo‘jaev quyidagilarni ta’kidladi.

“Jamoa 3 sentyabrSh kuni Slovakiyadagi yig‘indan qaytdi. Yigitlar endi bir necha kun dam oladi va 8 sentyabrSh kuni yig‘iladi. 9 sentyabrda esa 22 futbolchi, murabbiylar shtabi va delegatsiya a’zolari Hindistonga jo‘nab ketadi. 11 sentyabrSh kuni musobaqa bo‘lib o‘tadigan Goa shahrida qit’a chempionatidan avval Avstraliya o‘smirlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Musobaqa 15 sentyabrda boshlanadi. Bizning dastlabki o‘yinimiz esa 17 sentyabrSh kuni, Tailandga qarshi bo‘ladi.

Ushbu musobaqada munosib qatnashish uchun bizga barcha sharoit yaratildi. Endi biz ham shunga mos ravishda, eng yaxshi o‘yinlarimizni namoyish etishimiz kerak bo‘ladi. Bizning oldimizga Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan. O‘ylaymanki, biz buni uddalay olamiz. Musobaqaga har tomonlama tayyormiz”, - deya so‘zini yakunladi Temur Olimxo‘jaev.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar