Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.09.2016

Hasanali Qodirov blogida: «Men ham bir oz Babayan ekanman»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 34
Hasanali Qodirov blogida: «Men ham bir oz Babayan ekanman»

Matbuot anjumanidan uyga qaytayotib Xayrulla menga “Siz ham yumshoq gapirdingiz. Uni qattiq savollarga ko‘mib tashlaysizlar deb o‘ylagan edim”, — dedi. Xayrullaning eng qattiq gapi shunday edi. U tabiatan halim odam. “Shiddatli, vajohatli, hamjihat o‘yin ko‘rsatdingiz deb, Babayanga paxta qo‘ydingiz. Sizdan kutmagandim”, degan ma’noda aytdi bu gaplarni. Gapining mazmun-ma’nosini o‘zim tushunib olishim kerak bo‘ladi har gal. Hammaning o‘yindan hafsalasi pir bo‘lgan edi. Mening qattiq gaplarim hech kimga og‘ir botmasligidan hamma savolimdan norozilik alomatini kutgan ekan.

MAG‘LUBIYaTNING HIKMATI, G‘ALABANING ROHATI
Men o‘yinni ko‘rib, Babayandan juda xafa bo‘lgan edim. Stadionning shiftiga bosh tegar-tegmas qismida joylashgan jurnalistlar qatoridan yurib chiqib, odamlar ichida turtinib-surtinib dyuralSh zinalarni sanab erga tushgunimcha bosh murabbiyga, bosh sababchiga berar savollarimni o‘ylar edim. Sanjar Rizaev Dmitriy Popovdan so‘ng savol navbatini menga berdi. Savol berishdan avval har gal meni hayajon bosadi. Butun O‘zbekiston shu o‘yinga ko‘zini tikkan edi. Elimizning barcha ishqibozlari nomidan, butun yurt oldida so‘z olib, yurak yutib savol beradi-da har bir jurnalist. Sahnaga birinchi bor chiqqan aktyor yoki maydonga birinchi bor tushgan yosh futbolchi singari vujudimni hayajon bosadi. Hayajonni engish uslubidan foydalanib gapni chetdan, muhum bo‘lmagan so‘zlardan boshladim. Keyin...

Bir nechta savolni so‘zma-so‘z o‘ylab qo‘ygan edim. “Amal-taqal qilib gol urib oldik va yutdik. Fillipin yo Livan kelganida ham shunday bo‘lgan edi. O‘yin qovushmagan edi. Livanga qarshi kechgan o‘yinda bironta arzigulik golvar vaziyat yarata olmay Geynrixning jarimadan urgan yagona goli evaziga yutgan edik. Bugungi betayin o‘yinda ham xuddi shunday hisob bilan yutdik. Bugun raqibning kam sonli, lekin o‘tkir hujumlaridan biri amalga oshib yutqazib qo‘yishimiz ham mumkin edi. Bugun ham yutdik va g‘alabadan quvonib yuribmiz, 3 ochkodan xursand bo‘lib o‘tiribmiz. G‘alaba ruhlantirish bilan birga yupatib ham qo‘yadi. Mag‘lubiyat kamchiliklarni oshkor qiladi. G‘alaba quvonchi ularni yashiradi. Barcha ishqibozlarning, o‘yinchilarning quvonch tovushlari xato va kamchiliklar keltirgan alamzadalik nolasini ham, o‘yindan norozi “futbol bilimdonlarining” so‘kinishlarini ham ko‘mib tashladi. Yurt quvonchiga Siz ham qo‘shilib quvonib yuribsizmi? G‘alaba tufayli Sizga ham bugungi o‘yindagi kamchiliklar ko‘rinmayaptimi? Chiziqlardagi noqisliklarni, o‘yindagi kamchiliklarni, bosh murabbiy xatolarini ko‘rmayapsizmi? Shuning uchun Filippinga qarshi o‘yinimizdan keyin jamoaviy o‘yinda hech qanday yangilikni, o‘sishni amalga oshirmadingizmi? Nahotki, xatolarimizni bartaraf qilish uchun ayanchli mag‘lubiyatga uchrashimiz shart bo‘lsa? Shunda ham kamchiliklarimizni tan olmaymizmi?

Davomi Hasanali Qodirov blogida.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar