Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.09.2016

Farg‘onada yana bir OFK o‘quv-seminari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 63
Farg‘onada yana bir OFK o‘quv-seminari

23-28 avgust kunlari Farg‘onada ikkinchi marta Osiyo Futbol konfederatsiyasining «Level-1» seminari o‘tkazildi. Ushbu seminar futzal murabbiylariga mo‘ljallangan. OFKning «S» sertifikati dasturi bo‘yicha seminari uning futboldagi muqobili hisoblanadi. Shuning uchun ham futzaldagi «Level-1» litsenziyasini futboldagi «S» litsenziyasiga tenglashtirsa bo‘ladi.

Farg‘ona futbol federatsiyasi va Farg‘ona mini futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan OFKning seminarida vodiyning turli nuqtalarida ishlovchi 16 nafar murabbiylar ishtirok etishdi.

O‘quv-seminarini OFK instruktori Avaz Maxsumov olib bordi. Unga farg‘onalik taniqlik mutaxssis Farrux Zokirov yordam berdi.

Qayd etish joiz, seminar davomida barcha ishtirokchilar imtihon topshirishdi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan murabbiylarga «Level-1» litsenziyalari topshiriladi.

Fursatdan foydalanib, OFK instruktori Avaz Maxsumov va Farg‘ona viloyati mini futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ulug‘bek Hakimovlar bilan qisqacha suhbatda bo‘ldik.

Avaz Maxsumov: “Argentina o‘rtoqlik o‘yini uchun 100 ming dollar so‘ragan”

– Har yili viloyatlarda mana shunday seminarlarni tashkil etish odatga aylangan, deydi Avaz Maxsumov. – Bu kunga qadar Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari, Nukus va Toshkent shaharlarida «Level-1» litsenziyasi uchun o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida ikki marta shunday seminar o‘tkazildi. Bu safarga senimarni Andijon yoki Namanganda o‘tkazishni rejalashtirgandik. Bu borada Osiyo futbol Konfederatsiyasiga maktub junatgandik. Lekin bu ikki viloyat vakillari seminarni tashkil etish borasida juyali fikr bildirishmadi. Farg‘ona mini-futbol assotsiatsiyasi esa semnarni o‘tkazish uchun barcha sharoitlarga ega egaliklarni bildirishdi. OFKga yakuniy xulosani yuborganimizdan keyin seminarni Farg‘onada o‘tishiga rozililik bildirishdi. O‘quv jarayoni zamonaviy qulayliklarga ega Farg‘ona futbol maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

– Mini-futboldagi litsenziyalar haqida ma’lumot berib o‘tsangiz. Xususan, «Level-1» litsenziyasi qo‘lga kiritgan murabbiy qanday lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi?

– Futzalda uch toifali litsenziyalar bor. Bular «Level-1», «Level-2», «Level-3». «Level-1» sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassislar futbol maktablarida bolalar murabbiy va havaskor jamoalarda ishlash huquqiga ega bo‘lishadi. «Level-2» litsenziyasi bor murabbiylari esa bemalol Oliy liga klublarini boshqarishi mumkin. «Level-3» esa xalqaro tofida maqomini beradi.

Yaqinda Toshkentda «Level-2» litsenziyasi uchun etti kunlik seminar bo‘lib o‘tdi. Xuddi katta futbolda bo‘lgani kabi mini futbolda ham har to‘rt yilda murabbiylar litsenziyalarini yangilashlari talab etiladi.

– Bizda «Level-3» litsenziyasiga ega mutaxassislar bormi?

– Ha, menda shunday litsenziya bor.

– O‘zbekiston futzal terma jamoamizning Jahon chemionatiga chiqqani mamlakatimizda mini futbolning yanada rivoj topishiga katta hissa qo‘shdi…

– Chindan ham futzalchilarimizning mundialda ishtirok etishi bu biz uchun katta voqelik. Umuman olganda, mini-futbolning imkoniyati keng. Masalan, futzalchilarimiz shu kunga qadar Argentina, Portugaliya kabi mamlakatlar bilan maydonga tushishdi. Yaqinda Ispaniya va Italiya bilan o‘ynashadi.

2010 yilda Toilanda bo‘lib o‘tgan turnirda Argentina bilan o‘ynaganmiz. O‘shanda men terma jamoada faoliyat olib borar edim. Biz janubiy amerika vakillarini dog‘da qoldirganmiz. Keyinchalik Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etishni rejalashtirgandik. Biroq, ular buning uchun 100 ming dollar va yo‘l xarajatlarini to‘lashimiz lozimligini aytishdi.

– Katta futbol va mini-futbol o‘rtasida qanday tafovut bor?

– Mini-futbol o‘ynagan, bemalol katta futbolda o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Hozir “Lokomotiv”da o‘ynayotgan Oleg Zoteev aynan mini futbolda kashf etilgan. Uni “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati mini futbol jamoasida o‘ynashini ta’kidlashadi. Oleg rozi bo‘ladi va mini-futbolda tinmay gol urdi. Futzal o‘yinlarini kuzatgani kelgan IgorSh Shkviringa Zoteevning o‘yini ma’qul bo‘lgach, uni “Olmaliq”qa taklif etadi. Shu yo‘sinda Oleg Zoteev O‘zbekistonning etakchi o‘yinchilaridan biriga aylanadi.

Farg‘onada yana bir OFK o‘quv-seminari

Ulug‘bek Hakimov: Farg‘onada iste’dodli futzalchilar juda ko‘p

– Viloyatimizda 2011 yilda mini-futbol assotsiatsiyasi tashkil topgan, deb so‘zini boshladi Farg‘ona mini-futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ulug‘bek Hakimov. – O‘tgan davr mobaynida viloyatimizda mini-futbolni rivojlantirish uchun keng kulamlagi ishlar amalga oshirildi.

Yaqin kunlar ichida korxona va tashkilotlar o‘rtasida futzal bo‘yicha ikkinchi liga bahslari boshlanadi. Viloyat hokim bu borada alohida qaror qabul qilgan. Musobaqa bir necha turdan iborat bo‘lib, unda havaskorlar qatnashishlari mumkin bo‘ladi. Hozirdanoq ko‘plar jamoalar ikkinchi ligada ishtirok etish istagini bildirishmoqda.

Qolaversa, Viloyat futbol federatsiyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan samarali faoliyatimiz o‘z mevasini bermoqda. Mana, kundan-kunga mini-futbolga ixtisoslashtirilgan stadionlarnimiz soni oshib bormoqda.

Viloyatimizda shuningdek, mini-futbol hakamlari uchun ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Farg‘onada viloyatlar orasida yagona bo‘lgan FIFA referisi bor. Jamoliddin Qosimov shunday toifaga ega bo‘lgan yosh hakamlarimizdan biridir. Yaqinda mini futbol hakamlari uchun ham o‘quv-kurslarini tashkil etishni rejalashtirganmiz. Farg‘onada ikkinchi marta «Level-1» o‘quv-semenari o‘tkazilmoqda. Bu esa viloyatimizda yosh murabbiylarga bo‘layotgan yuksak g‘amxo‘rlikning bir namunasidir. Farg‘onada mini-futbolni rivojlantirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Faqat Oliy ligada birorta jamoa yo‘qligi qilingan ishlarimizga soya solayotgandek.

– Bu muammoni qanday bartaraf etish mumkin?

– Hozir bu borada izlanyapmiz, muzokaralar olib boryapmiz. Eng maqbul variant bu – “Neftchi” bo‘lib turibdi. Viloyatimizning bosh jamoasi qoshida mini-futbol klubini tashkil etsak maqsadga muvofiq bo‘larmidi? Axir O‘zbekiston chempionatida qatnashayotgan ayrim klublarimiz qoshida mini-futbol jamoasi bor-ku.

Farg‘onada iste’dodli futzalchilar juda ko‘p. Ularni bir jamoa sifatida jamlay olsak, yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish mumkin. Bunga 2014 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Assotsiatsiya Kubogi” musobaqasi misol bo‘la oladi. 16 ta jamoa orasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritganmiz.

Bir so‘z bilan aytganda, viloyatimizda mini-futbolni yana rivoj topishi yo‘lida tinmay izlanyapmiz. Oldinga qiladigan ishlarimiz ko‘p.

Abror Dehqonov.

“Futbol eskpress” gazetasidan olindi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar