Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.09.2016

Hamid Mido: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda durangga yaqin edik»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31
Hamid Mido: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda durangga yaqin edik»

Suriya terma jamoasi yarim himoyachisi Hamid Mido O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tgan JCh-2018 saralash bahsidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, bu o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Biz mag‘lubiyatga uchradik. Himoyada biroz e’tiborliroq harakat qilganimizda, durangga yaqin turgandik. O‘zbekistonga qarshi o‘yinda jamoamiz katta ishtiyoq bilan harakat qildi. Ammo bu holat g‘alaba uchun etarli bo‘lmadi. Biz raqibga ko‘proq bosim o‘tkazib, ko‘proq hujum qilishimiz kerak.
Jamoamiz ajoyib harakat qildi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda raqibning mahoratli futbolchilarga erkin o‘ynash imkoniyatini bermadik va tanaffusga durang natija bilan chiqib ketdik. Ammo raqib ikkinchi bo‘limda himoyadagi xatomizdan foydalanib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu bilan hayot to‘xtab qolmaydi. Hali yo‘qotilgan ochkoning o‘rnini to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Hali oldimizda 9ta o‘yin bor. Bu mag‘lubiyatni unutib, Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin haqida o‘ylashimiz lozim. BAA terma jamoasi Yaponiya ustidan zafar quchgan ekan, nima uchun biz koreyaliklarni mag‘lub etmasligimiz kerak", - deydi Hamid Mido.

Suriya terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi navbatdagi o‘yinni 6 sentyabrSh kuni Malayziyada o‘tkazadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar